топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatish orderini olish uchun ariza yuborish

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda hududiy sog'likni saqlash boshqarmalariga alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha maxsus yo’llanma (order) olish uchun ariza yuborish xizmati yo’lga qo’yildi.
Xizmat turidan ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.
Elektron arizani yuborish jarayonida shifokor tomonidan maxsus tibbiy ko'rikdan o'tganlik to’grisidagi guvohnomaning skanerlangan nusxasi, shuningdek, bemor ushbu imtiyozga ega ekanligi haqidagi ma’lumotnomaning elektron shakli ilova qilinadi.

Yuborilgan hujjatlar o’rganib bo’lingach, 10 ish kuni mobaynida Yagona portaldagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga, shuningdek, ro’yxatdan o’tganda ko’rsatilgan elektron pochta manziliga bepul tibbiy xizmat uchun maxsus yo’llanma (order) olinishi to’g’risida xabar jo’natiladi.

Yagona portal orqali ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlarni taklif eting hamda yangiliklarni muntazam kuzatib boring!

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.