создание топика, блога, фотосета или ссылки

Рейтинг
+84.92
avatar

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови

Подробнее ↓

Давлат бошқарувида очиқлик-ошкоралик

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
   22 февраль куни Ўзбекистон Миллий Матбуот марказида «Давлат ҳокимияти ва бошқарув соҳасида ваколатларни такомиллаштиришга қаратилган ислоҳотларнинг ҳуқуқий асослари» мавзусида матбуот анжумани ташкил этилди. Унда Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университетининг Журналистика ва Ижтимоий фанлар факультетлари

КЕКСАЛАРГА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШ

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ МАЖЛИСИ ҲУЗУРИДАГИ НОДАВЛАТ НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИ ВА ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТНИНГ БОШҚА ИНСТИТУТЛАРИНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМОАТ ФОНДИ томонидан ЎЗБЕКИСТОН ФУЛБРАЙТ АССОЦИАЦИСИга ажратилган 33-67-15 Давлат гранти доирасида Тошкент вилояти Кибрай тумани 25 мактабда жойлаштирилган Кибрай тумани Ахборот ресурс марказида ҳар чоршанба куни соат 10:30 дан 12:00 гача тадбирлар ўтказилмоқда. 
Лойиҳанинг мақсади — бу Ўзбекистон Республикасининг Ҳукумат порталининг ахборот ресурслари билан таништириш ва улардан фойдаланишни ўргатиш, нуронийларни саводхонлигини кўтариш.
 

 

Электрон ҳукумат лойиҳаси тўғрисида эксперт ҳамжамиятлар таклифлари

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Бугун алоқа тарихи музейида Мамлакат парламенти Қонунчилик палатаси томонидан кўриб чиқилаётган, «Ўзбекистон Республикаси «Электрон ҳукумат тўғрисида»ги  Қонуннинг лойиҳасини экспертлар муҳитида муҳокама этиш, уни мукаммаллаштириш ҳамда такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар таҳлилини умумлаштиришмақсадида тадбир бўлиб ўтди.
 
 

“O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Bugun Aloqa tarixi muzeyida xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda internet tarmog‘ining www.data.gov.uz manzilida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati, uning elektron hukumat tizimi rivojidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, Ochiq ma’lumotlar portali davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, aholining hukumat miqyosida olib borilayotgan chora-tadbirlardan boxabar qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bozorlar haqida ochiq ma'lumot

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Har birimiz bozor haqida ko‘p marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qat’iy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir bo‘lagi bo‘lib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq ta’rif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan ta’riflarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

BJR bo’yicha Koreya tajribasini o’rganish yuzasidan videokonferensiya

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Koreyaning Axborot jamiyati yo’nalishida faoliyat olib boruvchi NIA agentligi o’rtasida imzolangan davlat tashkilotlarida operatsion va ma’muriy jarayonlar reinjiniringini tashkil etish Memorandumga muvofiq, 20 va 21- aprel kunlari “O’zbektelekom” AJning ATMda videokonferensiya o’tkazilmoqda.Konferensiya doirasida “Reinjiniringning asosiy yo’nalishlari hamda metodologiyasi”, “Biznes jarayonlarni BPMN 2.0 ni qo’llagan holda modellashtirish, Koreya Respublikasining ilg’or tajribasini o’rgangan holda jarayonlarni tahlil qilish jihatini oshirish” mavzularida seminarlar olib boriladi.Seminarda BJR(biznes jarayonlarini rivojlantirish” uslublari namoyish etiladi, amaliy maslahatlar beriladi.

Elektron hukumat ochiqlik, oshkoralik va ishonchlilikni ta'minlaydi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Ushbu uch tarkibiy qism mamlakatimizda joriy etilayotgan “Ijro intizomi” idoralararo monitoring va tezkor nazorat tizimining asosini tashkil etadi.
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani ilgari ko‘p vaqt, mablag‘ va mehnat talab qilgan jarayonlarni optimallashtirish imkonini bermoqda. “Elektron hukumat” tizimining joriy etilgani samarasida ayni paytda aholi va biznes subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni sezilarli ravishda soddalashtirildi. Bugun davlat tashkilotlari o‘rtasida hujjat aylanish borasida ham axborot texnologiyalarini joriy etish davom ettirilmoqda.

Startup-Miks - ochiq fikrlar maydoni

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Poytaxtimizdagi INXA universitetida navbatdagi — «14- Startup-Miks» tadbiri bo’lib o’tdi. Unda o’ta qiziqarli va foydali ma’ruzalar qilinib, muhokama etildi.
Ilk taqdimotni Taxi.Uz loyihasining rahbari Rustam Shomurodov “Taxi.uz«ning korporativ mijozlarga xizmatini boshqarish” mavzusida ma'ruza qildi. Ma’ruza muallifi taksiga internet orqali buyurtma berish yo’li hamda yo’lovchi va haydovchining haq-huquqlarini aytib, yo’l haqi vaqt va masofaga ko’ra belgilanishini, bir km.ga 1000 so’m, bir daqiqaga esa 300 so’m belgilanishini aytib o’tdi.

Kirish testlari onlayn rejimda topshiriladi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti 2015−2016-yilgi o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Buning uchun ular dastlab universitet saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Bu yil birinchi marta Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari abituriyentlari uchun hujjatlarni topshirishadi. Testlar may oyida Andijonda bo‘lib o‘tadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati abituriyentlari uchun esa test sinovlari iyun oyida Nukusda tashkillashtiriladi. Testlar universitet tomonidan onlayn rejimda o‘tkaziladi.

Korxona rahbari jismoniy shaxs sifatida olgan ERIdan foydalanib soliq hisobotlarini yuborsa bo'ladi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2015- yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 46 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Soliq kodeksining 45-moddasi «Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzda taqdim etadi» degan mazmun bilan to‘ldirildi.

Elektron savdo tizimi orqali endi zarur tovarlar savdosini amalga oshirish mumkin

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
2015- yilning 1- iyunidan boshlab O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) davlat xaridlari bo‘yicha yangi elektron savdo tizimi (elektron katalog) joriy etiladi. Unga ko‘ra bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilish jarayoni 48 soat davomida amalga oshiriladi.

“LG CNS Co.Ltd” kompaniyasi AKT sohasiga chet el investitsiyasini jalb qilishning misoli sifatida

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda dasturiy ta’minot vositalarini keng joriy qilish uchun sharoit yaratish, “elektron hukumat” axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014- yilning 19- sentyabr kuni “Axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish sohasiga chet el investitsiyasini jalb qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatish orderini olish uchun ariza yuborish

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda hududiy sog'likni saqlash boshqarmalariga alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha maxsus yo’llanma (order) olish uchun ariza yuborish xizmati yo’lga qo’yildi.
Xizmat turidan ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Yaqin kunlarda sudga barcha hujjatlar Internet orqali yuboriladi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Yaqin kunlarda o’zbekistonliklar Internet tarmog’i orqali sudga ariza va boshqa hujjatlar bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”giQonuniga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qarorda asosiy e’tibor ushbu masalaga qaratilgan.

Qonunga o’zgartirish kiritilishdan asosiy maqsad fuqarolarning sudga murojaat etishlarini osonlashtirish, fuqarolik sudlarida elektron hujjat almashinishini ta’minlash, sud tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada AKTni joriy etishdan iborat.

Kommunal to'lovlarni elektron tarzda amalga oshirasizmi?!..

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Uzcard tizimi tomonidan POS-terminallari orqali kommunal to‘lovlarni bir zumda amalga oshirish imkonini beruvchi IQFront tizimi joriy qilindi.
Avval «On-line» va «Duet» plastik kartalari yordamida kommunal to‘lovlarni amalga oshirganda operatorlar tomonidan iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga pul tushganganligini tasdiqlovchi to‘lov qog‘ozi va chek taqdim etilishi zarur edi. Bunday to‘lov tizimi iste’molchilarga qator noqulayliklar tug‘dirardi. Uzcard tizimi tomonidan yangi IQFront majmuaviy yechimning ishlab chiqilishi esa, bunday nosozliklarga barham berdi.

"Elektron hukumat arxitekturasi hamda uning tuzilishini ta’minlovchi loyihalar" mavzusida davra suhbati

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Savdo-sanoat palatasida Elektron hukumat arxitekturasi, uni tashkil etishning muhim asoslari, davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasini yaratish hamda davlat tashkilotlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini elektron shaklga o’tkazish yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari, AKT bo’yicha koreyalik maslahatchi Kim Nam Sok, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktori Sherzod Habibullayev, Savdo-sanoat palatasining rahbari Alisher Shayxov, BMT dasturlarini takomillashtirish bo’yicha doimiy vakilning o’rinbosari Farid Qoraxonov, BMTD Samarali boshqaruv bo’limi rahbari Aziza Umarova hamda Soft kompaniyalari, elektron hukumat markazining mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.

Elektron hukumat orqali o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganlar

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Общество
Namangan viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida davlat boshqaruvi hamda iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda interaktiv davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashga erishilmoqda.
Buni Chust tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni so‘rab murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari tezkorlik bilan hal etilayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.