топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xitoyda yangi yil

Dunyo xalqlari urf-odatlari
Xitoy takvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi ,lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi  xitoy taqvimiga ko‘ra  belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni Yevropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. Bilamizki, 1yanvar-Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Udumga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil — yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili  21yanvar  va 21 fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Azaldan Xitoyda Yangi yil  asosiy va eng uzoq davom etadigan  bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas,balki Gonkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoy aholisi yashaydigan barcha yerlarda nishonlanaydilar. Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi  va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi. Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak. Yangi yil kechasida dasturxon bayramona,to‘yimli va mo‘l bo‘ladi.Stolda albatta tovuq ,baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi “farovonlik” va “baxt” so‘zlariga yaqin  uyg‘unlikni bildiradi.Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste’mol qilishadi. Janubda esa “nyan gao” deb nomlangan taom iste’mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishini ramzidir. Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim “shou suy” – “yilni saqlamoq” deb nomlanadi.Xitoyliklar eshik yondoriga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt ieroglifi yopishtiriladi.Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar,sinfdoshlar,qarindoshlar,hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi.Biroq,bolalarga “ya-suy-syan”sovg‘a qilinadi — maxsus qizil konvertlarda  pul beriladi. Qadimiy an’anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.