топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xitoy falsafasi

Dunyo xalqlari urf-odatlari
Asosiy falsafiy yo`nalishlar quyidagilardan iborat edi: in-yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm.
            In — Yan.        Qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy ta`limotlarga ko`ra, osmon va yer bilan chegaralangan olam in hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar mohiyatiga faol kirib boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv kuzatuvchi, zulmatni ifodalovchi tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jihatlar tariqasida tushunish xato, chunki ularning hamjihatligi tufayli kuchlar birlashadi, uzilgan yo`nalishlar muayyan shaklga ega bo’ladi, yer bilan osmon o`zaro munosabatlari ochib beriladi. Yan va in harakati — bir butunlik o’zgarishining dialektik harakati. Narsa va hodisalarning o’zaro hamkorligi ularning o’zgarishi orqali ta`minlanadi. Yan va inning o’zaro harakati natijasida oltita kategoriyalar paydo bo’ladi. Bular — momaqaldiroq, shamol, olov, cuv, qaytish va osoyishtalik. Ushbu kategoriyalar Osmon, Yer va Inson bilan bog’liq muammolarni yoritishda keng qo’llanilgan.
Konfutsiychilik  qadimgi Xitoyda vujudga kelgan va hozirgi kunga qadar o’z ta`sirini yo’qotmay kelayotgan falsafiy maktabdir. Konfutsiy an`analarga qattiq rioya qilgan mutafakkirdir. Uning ta`limotida qadimgi yozma manbalarni o’rganish markaziy o’rin tutadi. Konfutsiy o`zi haqida shunday deydi:  “Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman”.
 
Konfutsiy tabiat falsafasi va din falsafasiga unchflik qiziqish namoyon qilmaydi balki, insonni diqqat markaziga qo’yadi. U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo`lishganliklari sababli asosiy  e`tiborini  insonni  o’z  atrofidagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs o`zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog’liq ravishda tushunadi, ta`lim va tarbiyani esa, insonni ana shu vazifani bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi.

Daosizm  Qadimgi Xitoyda shakllangan yirik falsafiy maktablardan biridir. Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turdi. Bu ta`limot to’g’risida keyingi paragrafda batafsil fikr yuritamiz.
            Ismlar maktabi voqelikni til ifodasi masalalari orqali hal qilishga yo’naltirilgan edi. U ashyolar munosabati va shu munosabatlarning o’zini tadqiq etdi, so’ngra esa hukmlar va ismlarning bir-biriga muvofiq kelishini tekshirdi. Bu maktab vakillaridan biri Xuey Shi ko’pgina narsalarning tushunchalarda noadekvat ifodalanishiga e`tiborni qaratgan. U buning sababini narsalarning bir-biriga qiyoslanmasligida, deb bilgan. O’zgacha uslubda fikrlash, bahs-munozara, isbot uchun dalillar keltirish, mavjud goyalarni rad etish va hokazolar ismlar maktabi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Maktab vakillaridan biri Chjuan-szi vafot etgan raqibi to’g’risida, “Men bilan bahs yuritadigan odam qolmadi” deb qayg’urib yozadi.
            Ismlar maktabining tafakkur uslubi an`ana mavqeiga ega bo’lgan konfutsiychilik ta`limotiga bardosh bera olmagan. U asta-sekin konfutsiychilikka yaqinlashib, o’zining avvalgi mavqeini yo’qotgan.  
            Moistlar maktabi o’z ismini uning asoschisi Mo-szi (e.o. 479-431 y) nomidan olingan. Unda asosiy e`tabor ijtimoiy axloq muammolariga qaratilgan bo’lib, uni amalga oshirish istibdodiy hokimiyat boshlig’ining qat`iy tashkilotchiligi vositasida namoyon bo’lishi bilan bog’lanadi. Bu maktabda jismoniy mehnat uning tinglovchilarini tarbiyalashning asosiy vositasi hisoblangan. Moistlarning ta`limoti Konfutsiy ta`limotining butunlay qarama-qarshisidir. Uning butun ma`nosi umumiy muhabbat g’oyalari, o’zaro manfaat va muvaffaqiyat qozonishda ifodalanadi Jamiyatdagi barcha odamlar uchun majburiyat sifatida umumiy o’zaro insonparvarlik me`yori tavsiya etiladi, barcha kishilar bir-biriga foyda keltirish haqida g’amxo’rlik qilishlari lozim. Nazariy tadqiqotlar — mehnat faoliyatida ko’zda tutilgan amaliy maqsadga muvofiqlik — zaruriyatdir.
 
 Legizm — Qadimgi Xitoyda oziga xos o’ringa ega bo’lgan falsafiy maktablardan biridir. Shen Buxay bu ta`limotning asoschisi deb qaraladi. Bu ta`limotning namoyondalari ko’proqijtimoiy nazariya muammolari bilan shug’ullanishgan. Unda davlatni boshqarish muammolari ustuvor o’rin egallagan. Legizm vakillaridan biri Shan Yanning ta`kidlashicha, aqlli kishilar qonun yaratadilar, boshqa odamlar essa mavjud qonun bilan chegaralanadilar. Qobiliyatli kishilar tartibni o’zgartiradi, bunga qodir bo’lmaganlar esa bo’ysunadi. Qonunni bilmaydigan kishi bilan qonun to;g’risida fikr yuritish behuda, aqli kalta, noqobil kishilar bilan o’zgarishlar haqida gapirishning foydasi yo’q.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.