топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buyuk Xitoy Devori haqida 5 savolga - 5 javob

Dunyo xalqlari urf-odatlari
1. Buyuk Xitoy devori o`zi nima?

«Buyuk Xitoy devori» tushunchasining o`zidayoq turli tushunmovchiliklar paydo bo`ladi. Zamonaviy Xitoy uchun bu turli Xitoy imperiyalari tomonidan mamlakatni bosqinchilardan himoya qilish uchun qurilgan devordir. Muammo shundaki, imperiyalar juda ko`p va turli xilda bo`lishgan. Ular turli vaqtlarda qurilish ishlarini olib borishgan va materiallarni har xil joydan olib kelishgan. Kimdir Gobi cho`lidan olib kelgan bo`lsa, yana biri Pekindan bir necha kilometr uzoqlikdan keltirgan. Devorning katta qismi tuproqdan bunyod etilgan bo`lib, eng muhim joylardagina toshdan qalalar qurilgan. Aslini olib qaraganda bu devorning u bilan deyarli bir vaqtda qurilgan Rossiya janubidagi Ilon devori yoki Rim imperiyasidagi devordan farqi yo`q. 

2. Bittu uzun devormi?

Devor haqidagi eng ko`p tarqalgan anglashilmovchilik uning uzilmas uzunlikda ekanligidir. Aslida Xitoy devori bir necha bo`laklardan tashkil topgan bo`lib, ular mo`g'ul bosqinchilaridan himoyalanish uchun qurilgan. Devorning bazi nuqtalarida kuzatish minoralari bo`lgan. Faqatgina poytaxt Pekingina shunday, yani devor uzilmasdan o`ralgan.

3. Devorni qachon qurishgan?

Himoya devorlari haqida eramizdan avvalgi 476-221 yillardagi malumotlarda ham keltirilgan. Devor nafaqat ko`chmanchilardan himoyalanish uchun, balki qo`shni davlatlardan ham himoyalanish uchun qurilgan. Qurilish ishlarining eng qizg'in davri XVI asrning ikkinchi yarmiga to`g'ri keladi.

4. Devorning uzunligi qancha?

Devorning rasmiy uzunligi 10 000 mil. Qadimgi Xitoyda 10 000 tuganmas va cheki yo`q uzunlik hisoblanganligini ham unutmaslik kerak. Min imperiyasi davrida 8 850 km bunyod etilgan. Agar hammasini hisoblab chiqadigan bo`lsak, 20 kilometrdan uzunroq chiqadi.

5. Devorni qurishda qancha odam halok bo`lgan?

Aytishlaricha, Xitoy devorini qurish davrida halok bo`lganlarning hammasi shu erga dafn etilgan ekan. Chunki bu erda ishlash sharoiti juda og'ir va qiyin bo`lgan. Shu sababli ham minglab, balki undan ham ko`proq odamlar halok bo`lishgan. Min imperiyasi davrida devorni askarlar va oddiy ustalar qurishgan.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.