топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buyuk xitoy devori (davomi)

Dunyo xalqlari urf-odatlari

Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari bizning eramizdan avvalgi VII asrlarda mahalliy aholi tomonidan o‘z hududlari atrofini mustahkamlash maqsadida boshlangan. Xitoyning butun tarixi davomida 3ta Buyuk Xitoy devorini sanash mumkin. Ularning har biri o‘rtacha 5000 kmdan iborat bo‘lib, qurilish uchun 2000 yildan ziyod vaqt ketgan.

1. Birinchi Buyuk Xitoy devori Imperator Sin Shixuandi davrida, imperator va davlatning quch qudratini namoyish etish hamda mahalliy axolini mo‘g‘ullarning hujumlaridan saqlash maqsadida qurilgan. Qurilish ishlarida faollik ko‘rsatgani uchun general Men Tyanyuni alohida taqdirlagan. Ushbu qurilishda 500 000 odam ishtirok etgan, ulardan ko‘plari Konfutsiy ta’limotchilari edi. Imperator esa bu xudojo‘ylar ilmini yo‘qqa chiqarishni istardi. Shu sababli ham ularning barcha tarafdorlarini qurilish ishlariga majburan jo‘natgan. Qarshilik ko‘rsatganlar esa devor orasiga qo‘yib yuborilar edi. Aynan shuning uchun ham mahalliy xalq orasida bu devorni “Dunyodagi eng uzun qabr”, “Ko‘zyoshlar devori” deb atashadi. Imperator devor ustiga harbiylarni joylashtirgandi. Devorning u boshidagi xabarni bu boshidagi soqchilarga yetkazish uchun bir sutka vaqt ketar edi. Biroq o‘sha davr uchun bu tezlik katta yutuq sanalardi.

2. Ikkinchi Buyuk Xitoy devori bizning eramizga qadar bo‘lgan 206 yilda Xan sulolasi Imperatori tomonidan hamisha hujum uyushtiruvchi Gunnlar qabilasidan o‘z xalqi va hududini himoya etish uchun qurdirila boshlangan. O‘sha vaqtlarda tuproq o‘rnida yer asosan toshlardan iborat edi. Shuning uchun ham ikkinchi Buyuk Xitoy devorini qurishda asosan toshlardan foydalanilgan.

3. Uchinchi Buyuk Xitoy devorini qurish uchun esa Min sulolasi 1 millondan ortiq odamni jalb etgandi. Ushbu quruvchilar bir necha guruhlarga bo‘linib, bir vaqtning o‘zida 10 taga yaqin devorni tiklashgan. Ayrim joylarda esa shunchaki poydevorni qurib, keyinchalik esa devorga o‘tilgan. Buyuk Xitoy devoridagi minoralardan yonidagi ikki qo‘shni minorani ko‘rish imkoniyati bo‘lishi kerak edi. Minoralardagi qo‘riqchilar bir-biriga xabar yetkazish uchun tutun, baraban va olovdan foydalanishgan. Minoralarga esa kelgan xabarchilar dam olishi va otlarni almashtirishi uchun yetarli sharoitlar qilinishi kerak edi. Quruvchilar ish davomida mana shu masalalarni ham inobatga olishgan.

“Ko‘tarilish, yuksalish”
Xitoylik axolining o‘zi Buyuk Xitoy devorini “Ko‘tarilish, yuksalish” deb qabul qiladi. Buning ajablanarli yeri yo‘q. Sababi Buyuk Xitoy devori bir necha minglab yuqoriga va pastga eltuvchi zinalarga ega. Axir bu devorning o‘ziga xosligi ham ana shu cho‘qqilaridadir. Ilgarigi davrda kimki Xitoyga kirishni istasa bu devor unga to‘siq bo‘lgan. Hatto Buyuk Xitoy devorining ayrim joylariga alohida ruxsatnoma bilan kirituvchi joylar ham qilingan. Ruxsatnoma beruvchi eshik soqchilari kunduzi ishlagan bo‘lib, mamlakatga ham odamlar faqatgina kunduzi kiritilgan. Kechasi esa darvozalar hatto imperatorning o‘zi kelsa ham ochilmagan. Shu boisdan ham o‘sha davrda eshiklar atrofida mamlakatga kirish uchun navbatini kutayotgan odamlar tomonidan vaqtinchalik yashash joylari qurilgan.

1644 yilga kelib esa mamlakat boshiga yangi sulola kelishi oqibatida buyuk Xitoy devoriga zarurat tug‘ilmagan va u qarovsiz qoldirilgan. Yillar o‘tib bu devor buzila boshlaydi. Hatto mahalliy aholi devorning bo‘laklarini o‘z uyi qurilishi uchun ishlatish maqsadida olib ketadi. 1962 yilga kelib Buyuk Xitoy devori mamlakatning milliy yodgorligi deb e’tirof etiladi. Va uni qayta ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 1987 yilda esa bu devor YuNESKOning madaniy meros ro‘yxatidan o‘rin oladi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.