топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

IKKI BUYUK DAHOGA TA’ZIM

БухМТИ
Илм-фан
2018 yil 14- fevralda Buxoro Muhandislik -Texnologiya Institutida Xorijiy tillar hamda Ingliz tili kafedralari tomonidan  o’zbek mumtoz adabiyoti asoschisi, buyuk shoh va shoir, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur  xotirasiga bag’ishlangan “Ikki buyuk dahoga ta’zim” nomli ijodiy kecha tashkil etildi. 
   
Tadbirda institut professor o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda Navoiy hamda Bobur g’azallaridan musiqiy kompozitsiyalar jarangladi, ruboiylari  turli tillarga tarjima qilinib talabalar tomonidan namunanalar o’qib eshittirildi. Tadbirni  “Ijtimoiy fanlar kafedrasi ” dotsenti Muxamedjanova Lola Polvonovna  Boburning go’zal g’azallari bilan ochib bu ikki buyuk daho asarlarida tarannum etilgan, insoniyatni ezgulikka undovchi g’oyalar umrboqiyligi bilan butun bashariyatning manaviy xazinasiga aylanganini ta’kidladi. Tadbirda Navoiy va Bobur asarlaridan parchalar talabalar tomonidan ijro etilib tomoshabinlar tomonidan yuksak baholandi, ularning g’azallari bilan aytiluvchi qo’shiqlar ijro etildi.
         
Manaviyat ishlari bo’yicha prorektor Haitov Rauf Orifovich tomonidan ijro etilgan g’azal tadbirga yanada ko’rk qo’shdi va tadbirni yakunladi.

Tadbir so’ngida yaxshi qatnashgan talabalar shoirlarimizning g’azallar to’plamlari bilan taqdirlandi.
Muallif. Xaydarova Nigina Ganiyevna
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
 
“Ingliz tili” kafedrasi

1 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.