топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Hayot tarozisi ( Siz qanday fikrdasiz , fikr bildiring)

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
Men  bu  hayotni   charxpalakka  o'xshataman. Charxpalakning  har  bir  suv  olib   harakatlanib   turuvchi  savatchalarini   insonlarga  o'xshataman.  Insonlar   eng  avvalo,  o'z  oldiga   bir  maqsad   qo'yib, unga   erishishga   harakat   qiladi.  Charxpalakning   savatchalariga  biriga  ko'proq,   biriga  ozroq   suv  olishi  mumkin.  Xuddi  hayotda  ham  shunday,  ya'ni  birovlar  ko'p  harakat  qilishi  orqali  katta   lavozimlarga,   yana   kimdir,  kam  harakati  orqali  o'rtacha    lavozimlarga   erishadi.  Hayotda    ular  o'rtasida birmuncha  farqli  tomonlari   bo'ladi. Ulug'bek  Hamdamning ''Sabo   va  Samandar''  nomli   romanida  xuddi  shu   farqli  tomonlar  ko'zga tashlanadi.  Ushbu   romanda  Nodir   va  Nilufarlarning  ayanchli  sevgi   qissasi  berilgan.  Nega   ayanchli,   chunki  bu  ikki   sevishgan   dillar  oilalari  o'rtasidagi   farqlar    tufayli   o'z  jonlariga    qasd   qilishadi.   Nodir   va  Nilufar  ikkalasi   ham  huquqshunoslik   yo'nalishi   bo'yicha   o'qiydi.   O'qish   ta'tiliga  kelgan   Nilufarga   sovchi  keladi. Nodirning  qo'lidan  hech  narsa   kelmaydi.    Chunki   Nilufarning   otasi   qishloq  raisi,  Nodirning   otasi  oddiy  bog'bon.  Bu  ikki   dil   bir —  biriga  bu   dunyoda  birga  bo'lmasak,  narigi  dunyoda  birga   bo'lamiz,   deb   o'zlarini   oqib  turgan  toshqinga   tashlaydi.  Xo'sh,   qiziqqon   talabalar!  Siz   Nodir   va  Nilufarning   tutgan   bu   yo'liga  qanday   fikr  bildirasiz?  Axir,   ularning  tug'ilib   voyaga  yetkazguncha   ne   ishlarni  qilishga  tayyor  bo'lgan  ota-onasi  nima   qiladi?       

1 изоҳ

avatar
Menimcha ular sevgisi uchun harakat qilishi kerak edi.Ammo taslim bo'lishdi,axir ota-onalar ferzandlari uchun hamma narsaga tayyor-ku.Faqatgina ulardan ozgina dovyuraklik talab etilardi.Afsus bu ularning qo'lidan kelmabdi,demak ular bu dunyoda birga bo'lisha olmasligi aniq edi va ular buni anglab yetishgan.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.