топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“YANGI YIL – ARCHA BAYRAMI” DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат
Andijon davlat universiteti tomonidan yangi yil oldi an'anasiga aylangan «Yangi yil – archa bayrami» tadbirlari joylarda o'tkazilmoqda.


Xususan, kuni kecha Pedagogika fakulteti Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim kafedrasi 'qituvchilari hamda fakultet talabalari Andijon shahridagi Dukchi Eshon MFYga tashrif buyurdilar va u yerda istiqomat qiluvchi aholiga «Yangi yil – archa bayrami» tadbirini ko'tarinki ruhda o'tkazilishiga o’zlarining hissalarini qo`shdilar. Jumladan, Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri Foziljon Kiyikboyev hamda kafedraning bir qator o'qituvchilaridan: Gulnoraxon Ismanova, Shavkatbek Ahmedov, O.Haydarova, M.Toirova, B.Mamadaliyev, A.Akbarov va A.Sotvoldiyevlar o'zlarining iqtidorli talabalari bilan bayramga o'zgacha tus berdilar. Ular tomonidan bayramda tashkil etilgan qiziqarli o'yinlar, ertak qahramonlari, qorbobo va qorqiz mahallada yashovchi fuqarolarni bir davraga birlashtira oldi va ayniqsa, bolajonlarning quvonchiga quvonch qo'shdi.

Dukchi Eshon MFY raisi Dilorom Matisayeva Yangi yil bayramini ko'tarinki ruhda o'tkazilishini ta'minlashda yaqindan yordam bergan universitet jamoasiga va BMTM kafedrasi a'zolariga «Tashakkurnoma» taqdim etdi va o'z minnatdorchiligini izhor etdi.
Tadbir so'nggida, tadbir qatnashchilariga va jajji bolajonlarga qorbobo va qorqizdan bayram sovg'alari ulashildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.