топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

YANA BIR ZAFAR

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi Talantbek Madumarov universitetning izlanuvchan pedagoglarindan hisoblanadi. U yaqinda yana bir muvaffaqiyatga erishdi.
Ijtimoiy-ommaviy, uslubiy-ma’rifiy, badiiy jurnal hisoblangan “Mahorat oynasi” jurnalining 2017-yilgi hisob-kitoblariga binoan, “Mustahkam huquqiy savod – yoshlarning siyosiy faolligi garovidir!” mavzusidagi grant dasturi doirasida chop ettirgan maqolalar bo‘yicha unga “I darajali faxriy yorliq” topshirildi.

O‘tgan yil mobaynida T.Madumarov huquqiy yo‘nalishdagi turli mavzularga doir ko‘plab maqolalari bilan jurnal sahifalarida chiqish qilgandi. Jumladan, u yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning siyosiy faolligini yuksaltirish, huquqshunoslik va yuridik fanlarga nisbatan o‘quvchilarning va talabalarning qiziqishlarini kuchaytirish bo‘yicha o‘zining ilg‘or fikrlari, mutaxassis sifatidagi yondashuvlarini o‘z maqolalarida ilmiy tarzda asoslab bergan.
Ma’lumot o‘rnida shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, T.Madumarov hozirda ilmiy ish himoyasi ustida ish olib bormoqda.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.