топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yagonasan, muqaddas vatan!

Andijon davlat universiteti

Unda “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqich g‘oliblari, hakamlar hay’ati a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda kamolot foallaridan iborat talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovning 2-bosqichini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi A.Maxmudov ochib, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ilm va bilim olishlari, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, buning zamirida yurtimizda olib borilayotgan tinchliksevarlik va osoyishtalik siyosati yotganligi to‘g‘risida gapirib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng sahnaga 1-bosqich g‘oliblari

1. Topiboldiev Nurillo — Andijon mashinasozlik instituti texnologiya fakulteti, texnologik mashina va jihozlar yo‘nalishi 3-kurs talabasi, o‘zining “Vatan jonajon” nomli she’ri bilan aytilgan qo‘shig‘i bilan,
2. Jo‘raev Ihlosbek — Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti, musiqiy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi, o‘zining Zurafo Nazrullaeva she’ri, Ilxom Jo‘raev musiqasi bilan ijro etiladigan «Vatan» nomli qo‘shig‘i bilan,

3. Shukurov Tojiali — Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti, pediatriya yo‘nalishi 5-kurs talabasi, o‘zining Dilfuza Ismoilova she’ri, Axror Tojialiev musiqasi bilan ijro etiladigan “O‘zbekiston” nomli qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra,
1-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabasi Jo‘raev Ihlosbek
2-o‘rinni Andijon mashinasozlik instituti talabasi Topiboldiev Nurillo
3-o‘rinni Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Shukurov Tojiali egalladilar.

Tanlovning 2-saralash bosqichida g‘olib chiqqan Jo‘raev Ihlosbek Respublika ko‘rik-tanlovining 3-bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlov yakunida g‘oliblar I-,II-Sh-darajali diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Manba:www.adu.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.