топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

"XONOBOD TAROVATI - 2017"

Andijon davlat universiteti
 
Har yili an’anaviy tusga kirgan inson manfaatlari yilida o’tkazilgan navbatdagi “Xonobod tarovati” yoshlar festivali hamyurtlarimizning ruhiyatini yanada ko’tarishga, ertangi kunga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.
Andijon viloyatining eng chekka hududi Honobod shahri o’zigagina hos bo’lgan betakror ko’rinishga ega. Ona tabiat go’yoki tanga rohat bag’ishlovchi musaffo havo bilan siylagan bo’lsa, hazrati insonning qo’llari bilan Shaharobodga aylangan. Dunyoning ko’plab mamlakatlaridan keltirilgan noyob daraxtlar, anvoyi gullar bahri dilingizni ochadi. Beihtiyor qo’lga qalam yoki soz olinadi. 
“Xonobod tarovati” yoshlar festivalining Xonobod diyorining sevimli farzandi, shu bilan birga barchaning sevimli aktyori, kino va teatr darg’asi, ta’bir joiz bo’lsa haqiqiy yulduzi bo’lgan ustoz Soyib Xo’jayev tavalludi bilan chambarchas bog’liq holda o’takzilishi an’anaga aylangan. Festival doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan ustoz Soyib Xo’jayev xotirasiga bag’ishlab Andijon viloyatidagi barcha oily o’quv yurtlari talabalari orasida quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tadbirda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Andijon davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Elyorbek Xolmirzayev, harakatning kengash a’zolari, bir qator iqtidorli talabalar hamda 2016-yil “Tafakkur sinovlari” tanlovining Respublika bosqichidagi mutloq g’olib jamoasi, 2017-yil ham Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi faol ishtirok etdi.
Kunning ikkinchi yarmida barcha festival ishrtirokchilari, Andijon davlat universiteti talaba va o’qituvchilari “Fozilmon Ota” ziyoratgohiga tashrif buyurdi va an’anamizga hos bo’lgan osh ustida mehmon bo’ldi.
Rahmatjon TOSHPO'LATOV
Universiteti «Kamolot» YIH matbuot yo'nalishi sardori
adu.uz muhbiri
 
 
Fotograf: Abdulaziz G'ofurov
Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
ADU kamolot BT faoli

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.