топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

XALQARO OILA KUNI

Andijon davlat universiteti

15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Andijon viloyatida barcha oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Baxtli oila sari” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi, yoshlarga oila va nikohning muqaddasligini anglatish va uni hayotga tadbiq qilish, sog’lom, mustahkam va ahil oila qurish uchun zamin yaratish va yoshlarga ajdodlarimiz merosiga hurmat, Vatanga sadoqat, istiqlolga fidoiylik tuyg’ularini, milliy urf-odat va an’analarimizni singdirishdan iboratdir.

Unda Andijon qishloq xo’jaligi institutining “Parvoz”, Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna”, Andijon mashinasozlik institutining “Nurli kelajak”, Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Ko’rik-tanlovni viloyat hokimligining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Yunusova ochib berib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarni mustahkamlash, sog’lom oilani barpo qilish, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish va amaliy yordam berish davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi va bu borada qator davlat hujjatlari qabul qilinganligi va amalda qo’llanilayotganligini, alohida ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, jamoalar navbatma-navbat 3 ta shart asosida bellashdilar. Murosasiz va qiziqarli kechgan tanlov yakuniga ko’ra,
1-o’rin, Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasiga;
2-o’rin, Andijon qishloq xo’jaligi institutining “Parvoz” jamoasiga;
3-o’rin, Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” hamda Andijon mashinasozlik institutining “Nurli kelajak” jamoalariga nasib etdi va tashkilotchilar hamda homiy tashkilotlar tomonidan taqdirlandilar.






Manba:www.adu.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.