топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Vodiy yoshlari Andijonda

Andijon davlat universiteti

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning barchasi yoshlar uchun, ularning ertangi kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Xususan, yoshlarning erkin faoliyatini yo’lga qo’yish, iqtidorlarini aniqlash, qo’llab-quvatlash va rivojlantirish yo’lida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” YIH tashabbusi bilan Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talabalar teatr studiyalari festevali bo’lib o’tdi. Unda Andijon davlat universitetining “Humo”, Namangan davlat universitetining “Kreativ”, hamda Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialining “Nastarin” talabalar teatr jamoalari qatnashdilar. Jamolalar tomonidan namoyish etilgan teatrda bugungi kundagi eng dolzarb mavzular ko’tarilgan.

Xususan, Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali tomonidan qo’yilgan “Xazon bo’lgan gul” sahnasida ommaviy madaniyat, giyohvandlik, eng asosiysi oiladagi loqaydliklarni aks ettirgan bo’lsa, Andijon davlat universitetining “Saodat sohili” va Namangan davlat universitetining “Alpomishning qaytishi” nomli sahna asarlari orqali tarixiylik, qadimiy urf-odatlar, ajdodlar qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar mavzusini keng, xalqchil yoritib berdilar. Tadbir davomida “Kamolot” YIH Andijon davlat universiteti Boshlang’ich tashkilotining iqtidorli talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, she’rlar, raqslar ijro etildi. Qizg’in va murosasiz bo’lgan tanlovni adolatli hakamlar hay’ati baholab bordilar. Yakuniy natijalarga ko’ra, “Eng yaxshi teatr studiyasi” nominatsiyasi bo’yicha Namangan davlat universitetining jamoasi rahbari Yashnar Soyibnazarov, “Eng yaxshi ayol roli” uchun “Nastarin” jamoasi a’zosi, Farg’ona ;davlat universitetining talabasi Mushtariy Rahmonova, “Milliy an’ana va qadriyatlar” naminatsiyasi bo’yicha “Humo” teatr studiyasi, “Eng yaxshi erkak roli” uchun “Kreativ” jamoasi a’zosi Temur Abdurahmonov, “Dolzarb mavzuning sahna talqini” uchun “Nastarin” jamoasi, “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo’yicha Andijon davlat universitetining “Humo” jamoasi taqdirlandi. Tanlovning Respublika bosqichiga yo’llanmani Andijon davlat universiteti talabalar teatr jamoasi qo’lga kiritdi. Endi ushbu jamoa nafaqat viloyatimizni balki vodiy sha’nini himoya qiladi.



 
 

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.