топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

UNIVERSITET TALABALARI QO‘SHMA KORXONADA

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash» yili  hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan xolda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» ta'lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari Xo'jaobod  tumanidagi «Navigul» O'zbekiston–Germaniya qo'shma korxonasida bir kunlik amaliyotda bo'ldilar.

Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish,  fanning o'zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan safar davomida talabalar mutaxassislik fanlaridan «Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi», «Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish», «Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish», «Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati», «Mehnat intizomi, uni muctahkamlash yo'llari», «Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari», «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash» kabi mavzulardagi nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abdullaev rahbarligidagi talabalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tayyorlanish jarayonini kuzatdilar. Korxona xodimlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zlari ham ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar.
Shu kuni talaba-yoshlar o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘z ko‘nikma va malakalarini boyitdilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.