топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

TAVALLUDNING 80 YILLIGI NISHONLANDI: JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат

2018 yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida universitet fakultetlari o‘rtasida sport turlarining “Yengil Atletika”, “Turnikda tortilish” hamda “Stol tennisi” bo‘yicha musabaqalar tashkil etildi. Musobaqaga tashrif buyurgan fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va ishtirokchi talabalarga universitet ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xamraqulov hamda  fakultet dekani B.Nosirovlar Mustaqilligimiz memori, xalqimiz tinchligi va farovonligi uchun o‘z umrini sarf etgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning olib borgan ish faoliyati xaqida o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng fakultet ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Mamadaliev musobaqa nizomi, tartib qoidalari hamda xakamlar xay’ati bilan tanishtirib o‘tdi. Tashkil etilgan musobaqada talabalar o‘zlarining bor kuch va imkoniyatidan foydalangan holda ishtirok etdilar. Musobaqa yakunida xarbir sport turlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan talabalar o‘niversitet kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan yordam bergan universitet kasaba uyushma qo‘mitasiga hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga va fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilariga jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi.


 
1. Yengil atletika sport turi bo‘yicha:
 
Musobaqada ADU ning barcha fakultetlaridan jami: 64 nafar talabalar ishtirok etdi.
 
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 100m ga yugurishda
1- o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Karimov.I.
2- o‘rinni Pedagogika fakulteti talabasi Abdullajonov A.
3- o‘rinni Tarix fakulteti talabasi Isroilov N. lar qo‘lga kiritdi.
 
Qiz bolalar o‘rtasida 100m ga yugurishda
1- o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Anorboeva D.
2- o‘rinni Pedagogika fakulteti talabasi Amilova A.
3- o‘rinni Fizika-matematika fakulteti talabasi Usmonova M.lar qo‘lga kiritdilar.
 
Musobaqaning eng qiziqarli turlaridan biri estafeta bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar 4x400m o‘g‘il bolalar o‘rtasida
I O‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari
II O‘rin Tarix fakulteti talabalari
III O‘rin Fizika matematika fakulteti talabalari
 
G‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Qizlar o‘rtasida 4x100m estafetada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar
I O‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari
II O‘rin Pedagogika fakulteti talabalari
III O‘rin Fizika matematika fakulteti talabalari
 
Umumjamoa xisobida
I O‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti
II O‘rinni Pedagogika fakulteti
III O‘rinni Fizika matematika fakulteti.
 
2. Turnikda tortilish sport turi bo‘yicha:
 
1- o‘rin Diyorbek Madraximov. Jismoniy madaniyat fakulteti.
2- o‘rin Shavkat Axmedov Fizika matematika fakulteti.
2- o‘rin Shoxruxmirzo Qaxxorov Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti.
3- o‘rin Murodiljon Abduraxmonov Tabiiy fanlar fakulteti.
 
3. “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha:
 
O‘g‘il bolalar o‘rtasida.
1- o‘rin Umidjon Zokirov. Jismoniy madaniyat fakulteti.
2- o‘rin Jaloldin Jo‘raboev Pedagogika fakulteti.
3- o‘rin Xazratillo Abdullaev. Tarix fakulteti.
 
Qiz bolalar o‘rtasida.
1- o‘rin Mashxura Yuldasheva. Jismoniy madaniyat fakulteti.
2- o‘rin Maftuna Yusupova. Fizika-matematika fakulteti.
3- o‘rin Sarvinoz Ibragimova. Filologiya fakulteti talabalariga nasib etdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.