топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

TALABALAR QO‘SHMA KORXONADA

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат

Andijon davlat universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi yo‘nalishi 3 bosqich talabalari “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan amaliyotga chiqdilar.
Andijon shahridagi “UZ DONG YANG CO” qo‘shma korxonasidagi 1 kunlik o‘quv-tanishuv sayohati mobaynida talabalar bu yerda yo‘lga qo‘yilgan ishlash chiqarish tizimi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu kabi o‘quv-tanishuv sayohatlaridan ko‘zlangan maqsad, — deydi ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani O‘.Ubaydullaev, — talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash hamda ularning ko‘nikmasini oshirishdir.
O‘quv mashg‘ulotlarida berilayotgan bilimlarni mustahkamlash, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan ushbu safar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.