топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SPORTCHI TALABALAR BILAN UCHRASHUV

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan, jismoniy madaniyat fakulteti dekani, pedagog xodimlari hamda jismoniy madaniyat fakulteti “Yoshlar ittifoqi” faollari tashabbusi bilan O‘zbekiston nomini jaxonga tanitayotgan sportchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga Jismoniy madaniyat fakulteteida Mustaqilligimiz memori, xalqimiz tinchligi va farovonligi uchun o‘z umrini sarf etgan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov uchun xotira burchagi tashkil etildi.

Bu uchrashuvda biz xech qachon xotirasi  yodimizdan chiqmaydigan o‘chmas-tuganmas iz qoldirib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi bunday natijalarga erishishimizda bu insonning xisslari juda katta.
Vatanimiz bayrog‘ini jaxon arenalarida yuksaklarga ko‘targan maxalimizda, albatta Islom Abdug‘anievich Karimov bobomizning siymolari ko‘z oldimizdan o‘tadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin, siz doimo qalbimizda mangu saqlanib qolasiz.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.