топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Sog'lom ayol - sog'lom avlod

Andijon davlat universiteti

Andijon viloyatida 13- may kuni «Sog'lom ayol — sog'lom avlod» shiori ostida velotur marafoni bo'lib o'tdi.
Hukumatimiz tomonidan gender masalasiga katta e'tibor berilib, xotin-qizlar harakatini rivojlantirish asosiy siyosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Ayollar salomatligi sog'lom avlodni barkamol bo'lib voyaga yetishiga asosiy sababdir. Shu bilan ham ayollarning reproduktiv salomatligini yanada oshirish maqsadida «Sog'lom ayol — sog'lom avlod» shiori ostidagi turli xil tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Andijon viloyatida o'tkazilgan velotur marafonida hududda yashovchi ayollar, kollej, litsey va Andijon viloyatida joylashgan barcha oliy o'quv yurtlarining havaskor talabalari ishtirok etdi. Andijon davlat universiteti talabalari marafonda faol ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallashdi.

1 — o'rin: Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar sporti yo'nalishi 1 — bosqich 103-guruh talabasi Toshmatova Nigora.
2 — o'rin: Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar sporti yo'nalishi 1 — bosqich 104-guruh talabasi Mo'minjonova Farida.
3 — o'rin: Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar sporti yo'nalishi 1 — bosqich 103-guruh talabasi Jabborova Sevara.
Manba: www.adu.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.