топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Sahnada tafakkur sinovi”

Andijon davlat universiteti
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PR-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021yillarga O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ni “xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining mintaqa bosqichida Qo’qon davlat pedagogika institutining “Kelajak”,  Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” hamda Namangan davlat universitetining “Adolat” jamoalari va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” uslubchisi B.Egamberdiyev, FJShMQMI Farg’ona HB mutaxassisi X,G’aniyev, “Kamolot” YIH Namangan viloyat Kengashi bo’lim mudiri B.To’xtamirzayev, Andijon viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ’ibot va axborot bo’limi yetakchisi F.Aqilov, Farg’ona viloyat Adliya boshqarmasi vakili M.Ismailova, viloyatlardagi Oliy o’quv yurtlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektorlari, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshliqlari, oily o’quv yurtlarining 250 nafar talabalari ishtirok etdilar.
Tanlovni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” uslubchisi, hakamlar hay’ati raisi  B.Egamberdiyev ochib berdi  va  “Tafakkur sinovlari” yoshlar o’rtasida ommalashib, bugungi kunda tanlovning ahamiyati yanada ortib borayotgani, brogan sari yoshlarning intilishlari yuqori darajaga ko’tarilayotganligi ta’kidladi.
Shundan so’ng, jamoalar 1-“Yoshlar ovozi”, 2-“Tezkor savol-javob”, 3-“Muammo va yechim” va 4-“Sahnada tafakkur sinovi” shartlari asosida bellashdilar.
Yakunda, 3 ta nominatsiya bo’yicha ya’ni, “Tanlov kashfiyoti” Qo’qon davlat pedagogika institute talabasi, “Eng faol talaba” Andijon davlat universiteti va Namangan davlat universiteti talabalari taqdirlandilar. Tanlovda,
1-o’rinni  Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi;
2-o’rinni  Namangan davlat universitetining “Adolat” jamoasi;
3-o’rinni  Qo’qon davlat pedagogika institutining “Kelajak” jamoasi qo’lga kiritdilar hamda Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi Respublika Final bosqichiga yo’l oldilar.
Abdulaziz  G’OFUROV
Tabiiy fanlar fakuelteti talabasi,
 
ADU “Kamolot” YIH BT faoli

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.