топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Oliy ta'limda ilmiy tadqiqot-faoliyatlarini rivojlantirish

Andijon davlat universiteti
          Andijon davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tojiyevich Yusupov bilan Andijon viloyati Oliy ta’lim muassalari: Andijon davlat uiniversiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon qishloq xo’jaligi instituti, Andijon mashinasozlik institutlarining Ilmiy ishlar bo’yicha prorektorlari, professor o’qituvchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilar ishtirokida “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida davra suhbati o’tkazildi.
         O’tkazilgan davra suhbati davomida  O’zbekiston Respublikasida ta’limning noyob tizimi yaratilganligi, uning ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish samaradorligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo’naltirilgan salmoqli ishlar olib borilganligi alohida ta’kidlab o’tildi.
         Shuningdek, Oliy o’quv yurtidan keying ta’limning ikki pog’onali: dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo’yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo’yicha fan doktori(Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilishmexanizmi to’g’risidagi taklif va mulohazalar atroflicha ko’rib chiqildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.