топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Olg'a "Andijon yoshlari" jamoasi

Andijon davlat universiteti
 
Bizni doimo yuqori o‘rinlar bilan tabriklashimizga o‘rgatib qo‘ygan Andijon davlat universitetining ''Andijon yoshlari'' jamoasi Tafakkur sinovlari Respublika ko‘rik tanlovining final bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Andijon yoshlari» jamoasi «Tafakkur sinovlari» Respublika ko'rik-tanlovi tarixida hozirgi kunga qadar eng sovrindor jamoa bo’lib turibdi. Jamoa 2016-yil 1-o'rinni, 2017-yil 3-o'rinni, 2018-yilda esa yana 3-o'rinni qo’lga kiritdi.


Buning zamirida universitet rektori A.S.Yuldashev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Hamraqulov, Ma’naviyat bo’limi boshlig’i A.Akbarov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi ADU boshlang’ich tashkiloti yetakchisi E.Xolmirzayev, Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Badalov, Y.Jahongirov, Z.Hayitmatovlarning e’tibori va mehnati, jamoa a’zolari: Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabalari Jumayev Sarvarbek, Turdialiyev Ismoiljon, Inomjonov Zahiriddin, Tohirov Shohjahon, Filologiya fakulteti talabalari Mamasoliyeva Me’rojxon, Turg’unboyeva Nurxon, Odiljonova Kamola, Azizova Diyora, Chet tillar fakulteti talabalari Yaxshiboyev Ahrorbek, Yaxyoyev Muhammadjon va jamoaning boshqa jonkuyarlari mehnati, zahmati va sabr-qanoati yotibdi.

Bu bilan jamoa a'zolarini, ularni tayyorlanishida mehnati singgan barcha ustozlarni tabriklaymiz! Doimo oldingi saflarda bo‘ling ''Andijon yoshlari''!!!

1 изоҳ

Изоҳлар ўчирилган
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.