топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O'sh davlat universitetiga tashrif

Andijon davlat universiteti
3 расм
image

Xorijiy ilmiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda istiqbolli hamkorlik o‘rnatish va oliy ta’lim muassasalararo hamkorlik shartnomalarini tuzish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati O‘sh davlat universitetiga bordik.
Men o’z soham bo’yicha “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalariga ma’ruza o‘qidim.
Bizni Pedagogika kafedrasi dotsenti Marklen To‘htaqulov kutib oldi. Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ta’lim yo‘nalishi talabalariga “O‘spirinlarning  psixologik xususiyatlari” mavzusida master klass o‘tkazdim.  Master klass taqdimot asosida taqdim etildi.


Shundan so‘ng, psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan kichik davra suxbati o‘tkazildi. Suxbat davomida xamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Hamda, o‘zaro shartnomalar kelishib olindi, kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar ilmiy konferensiyalar, seminar-treninglar xamkorlikda o‘tkazilishi kelishib olindi. Tadbir so‘ngida sertifikat bilan taqdirladi.
Bunday uchrashuv va xamkorlik biz professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun samarali mexnat qilishimizda va ilmiy faoliyatimizni yanada rivojlantirishga ulkan xissa qo‘shadi.
 

3 расм

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.