топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

MAHALLAMIZ MALIKALARI

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат
Mahalla – jamiyat vijdoni, adolat maskanidir. Mustaqillik yillarida mahallaning qadri, nufuzi va vakolatlari kengaydi. Bugungi kunga kelib unga e`tibor ham, talab ham kuchaymoqda. Ayniqsa, yurtboshimizni tashabbusi bilan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ni qabul qilingani mahalla fuqarolar yig`inlarining yanada fidoiylik va jonkuyarlik bilan faoliyat olib borishga undadi.
Muhtaram Prezidentimizning ana shunday tashabbuslaridan biri, xotin-qizlarimizga qaratilayotgan yuksak e`tiqod va e`tibordir. Bu borada mamlakatimizda juda ko`plab isloxotlar, ijtimoiy loyihalar va tanlovlar o`tkazilib kelinmoqda. Turli xil tashkilotlar tomonidan tuzilayotgan shartnomalar shular jumlasidandir. Qolaversa, yurtimizda ayollarimizni va qizlarimizni jamiyatda o`zlarining qiziqishlariga qarab o`z o`rinlarini egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14-dekabr kuni O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali tomonidan, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan “Mahallamiz malikasi” teletanlovining respublika bosqichi bo`lib o`tdi. Tanlov 4 shart asosida tashkil etildi. Ya’ni:
1.Tanishtiruv;
2.Savol-javob;
3.Tezkorlik (kutilmagan vaziyat);
4.Erkin  mavzu.
Yuqorida keltirilgan shartlarga O`zbekiston milliy drama  teatrining aktrisalari hamda O`zbekiston xalq artistlaridan: Muqaddas Xoliqova, Ra`no Yarasheva, Maxfuza Bobotillayeva va Ravshan Jo`rayevlar hakamlik qildilar. Hay`ati a`zolari 5 ballik tizimda ishtirokchilarni munosib tarzda baholab bordi.

Yuqori natijalarga, hakamlar hay`atining olqishiga hamda 1-darajali diplomga loyiq deb topilgan talabalardan: Ismoilova Barno, Zohidova Gulichexra, Yunusaliyeva Madina,  Mashhura Tursunpo`latova, Shahzoda Yuldashevalar munosib sovg`alar bilan taqdirlandilar. Jumladan, Xabibullayeva Ufora – magistrantlardan tashkil etilgan “Andijon” jamoasi a`zolari viloyat sha`nini himoya qilgani holda, tadbir ishtirokchilari qalbida chuqur iz qoldirdi va ularning olqishlariga sazovor bo`ldi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.