топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kitobxonlik tanlovi

Andijon davlat universiteti
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 – yilning 12 – yanvar kungi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi qaroriga binoan joriy yilning 12 – may kuni Andijon davlat universiteti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan kitobxonlik tanlovi o’tkazildi. Tanlovdan ko’zlangan maqsad yoshlarning bilimini oshirish, kitob mutolaasiga yanada qiziqish uyg’otish va intellektual salohiyatini oshirishdir.
Tadbirda ishtirokchilar o’rtasida turli xil adabiyotlar yuzasidan savol-javoblar o’tkazildi va g’oliblar shohsupasidan Filologiya fanlari fakulteti talabasi Yusupova Mohidil, Tarix fanlari fakulteti talabasi Komilov Qahramon va Abdullayeva Azizalar o’rin egalladi. G’oliblar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonisdan taqdirlandi va “Zukko kitobxon” jamoasi uchun nomzodlar tanlab olindi.
Rahmatjon TOSHPO'LATOV
Universitet «Kamolot» YIH matbuot yo'nalishi sardori, adu.uz muhbiri
Abdulaziz G'OFUROV olgan suratlar

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.