топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

KITOBXONLAR BAYRAMI

Andijon davlat universiteti

Universitetda «Yosh kitobxonlar» respublika ko'rik-tanlovining Andijon viloyatidagi oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida o'tkazilgan saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

“Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 maydagi 310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovining Nizomi” talablari asosida ko‘rik-tanlovining “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi, “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi, “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi, “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi, “Asarlardan yaralgan saxna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha universitetning faollar zalida yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.


Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovining “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar ADU, 1 nafar AQXI, 1 nafar AndMI talabasi ishtirok etib 1-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabasi D.G‘ofurova, “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar ADU, 1 nafar AQXI, 1 nafar AndMI talabasi ishtirok etib 1-o‘rinni Andijon mashinasozlik instituti talabasi B.Zuhridinov, “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar ADU, 1 nafar AQXI, 1 nafar AndMI talabasi ishtirok etib 1-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabasi Z.Abdukarimova, “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Andijon qishloq xo‘jaligi instituti jamoasi Z.Muhiddinovning “Zahiriddin Muhammad Bobur” dramasi asosida tayyorlagan sahna ko‘rinishi bilan, “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar ADU, 1 nafar AQXI, 1 nafar AndMI talabasi ishtirok etib 1-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabasi B.Saidov Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan (hududiy) keyingi bosqichga yo‘llanma olganliklari ta’kidlandi.


Ko‘rik-tanlovda “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Andijon davlat universiteti talabasi D.G‘ofurova, “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon mashinasozlik instituti talabasi B.Zuhridinov, “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon davlat universiteti talabasi Z.Abdukarimova, “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon qishloq xo‘jaligi instituti jamoasi hamda “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Andijon davlat universiteti talabasi B.Saidovlar ko‘rik-tanlovning 2017 yil 15 iyun kuni Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan hududiy bosqichida ishtirok etadilar.





Manba:www.adu.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.