топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kimyo kafedrasida bmi himoyasi

Andijon davlat universiteti
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z yuzini ko‘rsatib jahon sahnasida yurtimizning o‘rnini yuqori pog‘onalarga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, oliy ta‘lim muassasalarining faoliyati, ilmiy izlanishlar sohasidagi o‘zgarishlarni alohida sanash mumkin. Oliy ta‘lim muassasalari bakalavr va magistratura bitiruvchilari ma‘lum yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilishi hamda ularning amaliyotga tadbiq etilishi yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samaralarni beradi.

Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo'nalishi 4-bosqich talabalarining Bitiruv malakaviy ish himoyasi bo'lib o'tdi. Himoyada davlat attestatsiyasi raisi Andijon qishloq xo‘jaligi instituti professori, kimyo fanlari doktori N.Madixonov, a'zolar: Andijon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Mamatyusupov, Tabiiy fanlar fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent N.X.To'xtaboyev, Kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Yu.T.Isayev, kimyo kafedrasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, Xalq tabobati akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori I.R.Asqarov, Kimyo kafedrasi dotsentlari, kimyo fanlari nomzodlari, dotsent Sh.H.Abdullayev, Sh.M.Qirg'izov, A.M.Jo‘rayev, Kafedra katta o‘qituvchilari F.Abdug'afforov, M.Hojimatov, M.Mamarahmonov, kafedra o‘qituvchilari A.Hojiqulov, O.Abdullayevlar qatnashdilar.

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi juda ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda talabalar o‘z ilmiy ishlarining maqsadi, aniqlangan muammolar va ularning yechish yo‘llarini ko‘rsatib, o‘z taklif va xulosalarini keltirib o‘tdilar.

Davlat attestatsiyasi hayati xulosasiga ko‘ra, bitiruvchi talabalarning olib borgan tadqiqotlarini amaliyotga tadbiq etish katta samaralarga olib keladi. Xususan, shu yili kimyo fanidan o‘tkazilgan Respublika talabalar olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan Mo‘minjonov Mirjalolning «Kimyoga oid savollarni yangi talqinda sinflash» mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida kompyuter dasturi yaratish va patent olishga tavsiyalar berildi. Barcha bitiruv malakaviy ishlar qoniqarli deb topildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.