топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ilmiy uchrashuv

Andijon davlat universiteti

Universiteti katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti(Samarqand)dan tarix fanlari doktori, professor B.X.Matboboev hamda, Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutidan tadqiqotchilar Lyu Tao, Xe Suli, Alijan Isalar ishtirokida ilmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni ADU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori tarix fanlari nomzodi, dots. B.Rasulov olib bordi. Tadbirda tarix fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

Olimlar tadbir ishtirokchilarini Andijon viloyatining Marxamat tumanidagi Mingtepa qadimgi shahri xarobasi xududida olib borilgan arxeologik qidiruv ishlari natijalaritanishtirib o‘tdilar.
So‘ngra professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan batafsil javob oldilar.

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.