топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

G’oliblar saralandi

Andijon davlat universiteti

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.5-bandi talablariga muvofiq universitetda tahsil olayotgan talabalar orasidan mutaxasislik va umumkasbiy fanlari bo'yicha tabiiy qobiliyatini namayon etish va rivojlantirish, istedodlarini ro'yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish hamda O'zbekiston respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 23-martdagi 162-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2017-yil 12-13-may kunlari fizika(umumkasbiy) fanidan Andijon davlat universitetida respublika talabalar fan olimpiadasining II bosqichi bo'lib o'tdi.

Olimpiadada universitet rektori A.S. Yuldashev ilmiy ishlar bo'yicha prarektor B. Rasulov, Kamolot YIH rasi E. Xolmirzayev va boshqalar tomonidan yuqori saviyada tashkllandi. Unda Respublika miqyosidagi 37 ta Oliy ta'lim muassasalari ishtirok etdilar.

4 tur asosida tshkil etilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra:

1-o'rin  — 315 ball bilan Andijon davlat universiteti talabasi A. Ergashev;
2-o'rin  — 309 ball bilan Navoiy DPI talabasi P.M. Ergashev;
3-o'rinni - 304 ball asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Q.Sh.Sayfuddinov egalladilar.

Manba:www.adu.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.