топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bugun talaba, ertaga o'qituvchi

Andijon davlat universiteti

Oliy ta’lim muassasalarida hademay o‘quv yili yakunlanadi. Ayni kunlarda talabalar chorak yakunlari bo‘yicha, bitiruvchilar esa davlat imtihonlarini topshirishmoqda.

Andijon davlat universitetining pedagogika fakultetida ham dastlabki yakuniy sinovlar ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Pedagogika fanlari doktori, professor To‘ychivoy Hasanov, universitet prorektori Azamat Shodmonovich, fakultet dekani Charos Shakirova va boshqa ustozlar bo‘lg‘usi o‘qituvchilarga omad va muvaffaqiyat tiladilar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”ni Nizomi talablari doirasida faukultetning 292-nafar talabasi belgilangan tartibda sinovdan o‘tdi.

— Judayam hayajondaman, — deydi sinovlarni birinchi bo‘lib topshirib chiqqan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Tursunova Feruza– Imtihonni yaxshi topshirdim deb o‘ylayman. Albatta, to‘rt yil davomida bu oliy dargohda olgan bilimlarimni amaliyotda qo‘llab, ustozlarim ishonchini oqlashga hamda yosh avlodni zamon talablari asosida o‘qitishga harakat qilaman.

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.