топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Aqsh elchisining universitetga tashrifi

Andijon davlat universiteti

Mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada rivojlantirish hamda yoshlarning intelektual salohiyatini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xorijiy mamlakatlar bilan istiqbolli hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, kuni kecha AQSh elchisi Pamela L.Spratlen boshchiligida elchixona vakillari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitetning yangi ta’mirlangan bosh binosi oldida universitet rektori prof. A.S.Yuldashev, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i R. Mullajonov va halqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar kutib oldi. So‘ng mehmonlarga universitet asosiy binosi oldida joylashgan pannodagi universitet faxri bo‘lgan Olimpiada va paralimpiada sovrindorlari rasmlari orqali ularning universitetdagi yutuqlari haqida ma’lumot almashildi. Shundan so‘ng, mehmonlar universitetning san’at ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi, musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalari ijrosida milliy kuy va qo‘shiqlar ijrosi bilan tanishdilar. Universitet rektori prof. A.S.Yuldashev AQSh elchisi Pamela L.Spratlen bilan universitet maketi orqali universitetda olib borilgan bunyodkorlik ishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida mehmonlar rektor xuzurida bo‘lib u yerda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida suhbatlashdilar. Elchi xonim universitetdagi infratuzilma jahon standartlariga javob berishi, bu esa chet tilini o‘rganishga yetarlicha sharoitga ega ekanligini aytib o‘tdi. Talabalarni ingliz tilida bilimlarini takomillashtirish maqsadida talabalar, magistrantlar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun elchixona tomonidan bir qator ta’lim grantlari borligi, shu bilan birga Andijonga AQShdan ingliz tili o‘qituvchisi taklif etish mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi. AQSh hukumati tomonidan ta’sis etilgan “Fulbrayt ta’lim dasturi” bo‘yicha ma’lumot berildi.

Suhbat chog‘ida fan, ta’lim va texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekistondagi yirik ta’lim muassasalari bilan kelgusida AQSh universitetlari o‘rtasida hamkorlik qilish va bunda ikki tomondan profesor-o‘qituvchilar va talabalarni qisqa muddatga malaka oshirishi bo‘yicha ishlar olib borish haqida fikr almashildi. Universitet rektori prof. A.S.Yuldashev hozirda universitetning barcha fakultetlardagi ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan hamda jahon standartlariga javob beradigan sertifikatlarga ega talabalar aniqlanib, dunyoning turli mamlakatlaridagi universitetlariga qisqa muddatli o‘quv kurslarida taxsil olishga yuborish ishlari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.


AQSh Elchisi Pamela L.Spratlen universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.





 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.