топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат

Andijon davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Matematiklar jamiyati raisi, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Abdullo Azamov tashrif buyurdi.
Ilm olamining yetuk vakili bilan uyushtirilgan uchrashuvda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.M.Rasulov, fizika-matematika fanlari doktori, akademik S.Z.Zaynobiddinov, fizika-matematika fakulteti dekani, dotsent M.Mahkamov, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni prorektor B.Rasulov ochib berdi. So‘ngra akademik A.Azamov so‘z olib, avvalo hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini tubdan yangilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. U matematika ixtisosligi bo‘yicha doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish, ularning ilmiy maslahatchi topishlariga ko‘maklashish, o‘quv muassasalari uchun darsliklar,  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va maxsus adabiyotlar sonini ko‘paytirish, ularning ilmiyligi va uzviyligini ta’minlash, ilmiy izlanuvchilar tomonidan e’lon qilinadigan maqolalar sifatini oshirish orqali universitet ilmiy salohiyatini  yuksaltirish zarurligi, buning uchun jamiyat va oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni yanada samaraliroq olib borish lozimligini ta’kidladi. Akademik universitetning moddiy-texnik bazasiga yuqori baho berdi va dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatiga kirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini etirof etdi. Uning yig‘ilganlarga aytgan fikrlari barchani ilm yo‘lida astoydil mehnat qilishga, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalinishga chorladi.
Matematika kafedrasi mudiri, dotsent T.Ibaydullaev kafedra tarkibida ilmiy izlanish olib borishga qodir yosh, iqtidorli mutaxassislar borligi, yaqin yillarda ular tomonidan bu borada ijobiy o‘zgarishlar qilinishi kutilayotganligini ma’lum qildi. — Ushbu tashrifning o‘ziga xos ijobiy jihati shundaki, — deydi T.Ibaydullaev, — akademik yosh o‘qituvchilarning har biri bilan individual suhbat o‘tkazdi. Bu esa ularning ilmiy izlanishlarga g‘ayrat bilan kirishishlariga turtki bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbirda, shuningdek, akademik S.Zaynabiddinov, M.Mahkamov va boshqa professor-o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv so‘ngida A.Azamovga universitet ma’muriyatining esdalik sovg‘asi topshirildi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat natijasi o‘laroq, universitet ma’muriyati tomonidan ilmiy soha bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga yana bir karra aniqlik kiritib olindi. Jumladan, axborot-resurs markazini darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa kitoblar bilan boyitish, tayanch doktoranturada taxsil oluvchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilikka tayyorgarlikni bakalavriat talabalaridan boshlash kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.