топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

Andijon davlat universiteti
Маданият ва маърифат
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 29-dekabr kuni Respublikamizning bir qancha yetuk salohiyatli professorlariga Akademik unvoni berildi. Mana shunday unvonga Andijon davlat universiteti Fizika kafedrasi professori Sirojiddin Zaynobidinov ham sazovar bo‘ldi. S.Zaynobddinovning Akademik unvoniga sazovar bo‘lganligi bizni faxr va iftixorga to‘ldirdi.
11- yanvar kuni  fizika-matematika fakulteti 1- bosqich fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan akademik S.Zaynobidinovning uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

S.Zaynobiddinov o‘z nutqida talabalarga o‘zining hayot yo‘llari, ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. Har bir talaba o‘z oldiga ma’lum bir maqsadni qo‘yishi, bu yo‘lda uchraydigan barcha to‘siqlarni aql bilan yengib o‘tishi, har qanday holda ham taslim bo‘lmaslik kerakligini, hamisha olg‘a intilish, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligini aytib o‘tdi. Talabalarga o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab o‘z nutqini yakunladi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Muloqot vaqtida talabalar o‘zlarining savollariga yetarlicha javob oldilar. Erkin tarzda o‘tkazilgan uchrashuv talabalarda ilmiy hayotga qiziqish uyg‘otib, keng mazmunli taassurot qoldirdi.
Talabalar ustozga samimiy tilaklarni izhor etdilar va talabalarga kelajakda ustoz kabi yutuqlarga erishishlarini, bu yo‘lda tinimsiz o‘qib, izlanishlari kerak ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Guruh talabalari bunday maroqli suxbat uchun ustoz S.Zaynobiddinovga minnatdorchilik bildirdilar. Bu davra suxbati ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.