топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

2018 yil6- 7 mart kunlari Andijon davlat universitetida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” – munosabati bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Andijon davlat universiteti
 
       






 
  2018 yil 6 mart kuni pedagogika fakulg’teti talabalari tomonidan  8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ta’zim” deb nomlangan musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda 200 nafar professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.      
2018 yil 7 mart kuni universitetning katta majlislar zalida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuksak saviya va ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Universitetda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar tadbirga shaxsan taklif etildilar.
         Universitet rektori professor A.S.Yuldashev so’zga chiqib, bugungi kun ayolining ma’naviy qiyofasi, xotin-qizlarimizning mamlakatimiz rivojiga qo’shayotgan ulkan hissasi haqida gapirar ekan, shu jumladan universitetimiz   ayol professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba qizlari xususida alohida to’xtalib o’tdi va ularni bayram bilan qizg’in muborakbod etdi. SHundan so’ng barcha fakultetlar dekanlari, dekan o’rinbosarlari, iqtidorli talaba-yigitlari tomonidan ayollarga gul va esdalik sovg’alari tarqatildi.   
         Tadbirda ishtirokchilarga fizika-matematika va pedagogika fakultetlari jamoasi va universitetning iqtidorli talaba-yigitlari tomonidan tayyorlangan “Sahnada erkaklar” madaniy-ma’rifiy musiqali dastur asosida QVZ, ayollarni madh etuvchi she’rlar, qo’shiqlar hamda sahna ko’rinishlari taqdim etildi. Bayram tadbiriga Andijon shahar “Bahor”ansambli jamoasining chiqishlari yanada ko’tarinkilik baxsh etdi.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.