топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Qomusimiz – bu bizning kelajak poydevorimiz!

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Илм-фан
Qomusimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari mashaqqatlari natijasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Bu mashaqatlar zamiri muallifi bizning Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bilan bog’lash maqsadga muofiqdir. Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990 yilning mart oyida bo‘lib o‘tganini eslash joiz. O‘shanda, ya’ni Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi Respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi.
Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam – “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir. Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasinining bir qator ilg‘or jihatlari hisobga olindi. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o‘tdi.
Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.
Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik jamiyat barpo etish, inson huquq va majburiyatkarini taminlash, vatanimiz taraqqiyoti va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning huquqiy kafolati bo’lib kelayotganligini takidlaydi. Konstitutsiyamizning normalarini hayotga tadbiq etilishi tinchlik va hamjihatlikda hayotimizga yangicha mazmun bag’ishlayotgan, islohatlar samarasida, odamlarimizning ongu- tafakkurida, har bir oila har bir inson hayotida o’z ifodasini topmoqda deya aytib o’tadilar.

Bundan tashqari konstitutsiyamizda hech bir narsa e’tibordan chetta qolmagan buning isboti tariqasida umumiy qilib berilgan bo’limlarga nazar solsak: 
Birinchi bo’lim: Asosiy prinsplar.
Ikkinchi bo’lim: Inson va fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. 
Uchinchi bo’lim: Jamiyat va shaxs.
To’rtinchi bo’lim: Ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi.
Beshinchi bo’lim: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Oltinchi bo’lim: Konistitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibi.
Shuning bilan bir qatorda har bir bo’lim ham qonunlarimizning mukammal ishlanganligining tasdig’idir. Misol uchun 41-moddada shunday takidlanadi 
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat muhofazasidadir”. Qonunlar kitobimiz shu qadr mukammal ishlanganki undan xalqimizning tarixiy obidalari, asor-u atiqalari hamda ma’naviy va ma’daniy merosini har bir fuqoro asrab avaylashga majburdir. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir deya takidlangan 49-moddada. Bu kabi qonuniy dalalillarni ko’plab keltirishimiz mumkin, davlatimiz tomondan ijod erkinligi taminlangan bu xaqda quyida 42-moddada ko’rishimiz mumkin. “Har kim ilmiv va texnikoviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmi va texnikoviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.”. Jamiyatimiz va vatanimiz istiqboli uchun juda ko’plab kafolatlari mujassam etilgan.
Men xulosa o’rnida shuni ayta olamanki chorak asr yoshiga kirga bizning qomusimiz O’zbekiston xalqi istiqboli bunyodkorlaridir. Demak, barchamiz  vatanga kerakli inson, buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’lib, barcha kuch va imkoniyatlarimizni farovon suverent davlat qurush yo’lida barchamiz birdam bo’lib kuch va g’ayratimizni safarbar etishimiz kerak.
 
A.Asadullayev
Andijon mashinasozlik instituti
 
TJChAB yo’nalishi 2-bosqich talabasi

1 изоҳ

avatar
A.Asadullayev omad sizga yor bolsin
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.