топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Institut professor-o’qituvchilari va doktarantlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishdi

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Илм-фан
“O’zstanadart” agentligi tomonidan “O’zbeksitonning eksport salohiyatini oshirish, sifat infrotuzilmasi va mahsulotlarning xalqaro standartlariga muvofiqligini baholash” mavzusida 2018-yil 28-29 mart sanasida Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda institutimizning “Metrologiya, standarrtlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasidan M.Sattarov, N.Mo’minov, B.Kasimov, A.Djumaboyev, A.Yuldashev va D.Xakimovlar ishtirok etdilar.
Anjumanda GLOBAL G.A.P. ning marketing bo’yicha  vitse-prezidenti Flavio Alzueto; ITS (xalqaro savdo markazi) mutahasislari   R.Taymazova, D.Knyagin: IFC (xalqaro moliya korporatsiyasi) konsultanti Ye.Bulavina; TSE (xalqaro standarti) bo’yicha konsultant doktor Umer Karakoch va doktor Aygun Aksay kabi xorijiy ekspertlar; O’zbeksitonlik soha mutahassislari hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O’zbekistonda eksport salohiyatini yanada oshrish va mahsulot sifatini xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini baholashni yangi bosqichga ko’tarish hamda ushbu sohada Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislar oldida turgan vazifalarning muqobil yechimini aniqlagan holda harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning samarali yo’llari ko’rsatib berildi. Anjuman ishtirokchilari xorijiy tajribalarning yurtimiz hududida yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun joriy etish va  dunyo bozoriga yetkazib berish, iste’molchilar ishonchini to’laqonli qozonish masalalari borasida o’zlariga qiziq bo’lgan bir qancha savollarga javob topdilar.
    

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.