топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Andijon mashinasozlik institutida mahalliy xokimiyat xalq deputatlarini o’qishi o’tkazilmoqda

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Илм-фан
Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O’zbekiston ekologik harakati vakillari bilan bo’lib o’tgan videoselektor bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalar faollari va mahalliy Kengash deputatlarini o’qitish bo’yicha maxsus kurslar asosida mahalliy xokimiyat (tuman, shahar) xalq deputatlarining o’qishi o’tkazilmoqda.
O’quv mashg’ulotlari 32 soatlik maxsus kurs asosida olib borilmoqda… O’qishlar 22-noyabr kuni soat 14.00 da boshlanib, maxsus tayyorlangan  auditoriyalarda olib borilmoqda.
O’quv mashg’ulotlarida Andijon viloyatining Bo’z, Qo’rg’ontepa, Xo’jaobod, Ulug’nor, Marxamat, Jalaquduq tumanlarining jami 136 nafar mahalliy xokimiyat xalq deputatlari jalb etilgan.
O’quv mashg’ulotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va shahar kengashlarining deputatlari, viloyat xokimligi raxbarlari, siyosiy partiyalarning xududiy rahbarlari, viloyat oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o’qituvchilarini olib borishlari belgilangan.
Birinchi kungi mashg’ulotlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.P.Karimov, Fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti Andijon xududiy bo’linmasidan SH.Valiyev, M.Mirzaaxmedov, ADU dotsentlari SH.Asqarov, Q.Odilov, Andijon mashinasozlik instituti dotsentlari G.Bazarova, M.Nazarov, katta o’qituvchi M.Akramov va O.Ergashevlar tomonidan olib borildi.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.