топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Toshkent davlat agrar universitetida 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Ustoz – butun boshli bir umrni shogirdlar hayoti farovonligi yo‘lida sarf etuvchi ulug‘ zot. Bilim berish balan birga qalbidagi bor mehrini o‘z farzandidek aziz bo‘lgan o‘quvchilariga ulashuvchi sharafli kasb egasi. Xalqimiz orasida “Ustoz otangdek ulug‘” degan naql bejizga aytilmagan. Darhaqiqat ustozlar o‘z ota-onamiz kabi hayot yo‘limizda uchraydigan to‘siqlarni yengib o‘tishda yo‘lboshchi, ko‘makchi hisoblanadi. Mana shunday xizmati beminnat mehnati beqiyos ustozlarni har qadamda ardoqlash esa biz shogirdlar uchun ham qarz ham farzdir. Ana shunday ardoqni isboti sifatida bugun Toshkent davlat agrar universitetida 1 oktyabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayramni tadbirini universitetimiz rektori, akademik Botirjon Sulaymonov   so‘zga chiqib universitet professor-o‘qituvchilarini, xodimlarni barchani bayram bilan qutladi.
Tadbir avvalida Universitetimizda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, yil davomida yuksak natijalarga erishgan bir qancha ustoz va murabbiylarni rektorimiz  qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Shundan so‘ng bayram tadbiri ishtirokchilariga universitetimizning iqtidorli talabalari tamonidan tayyorlangan bayram dasturi taqdim etildi.
Dastur davomida talaba yoshlardan tashkil topgan “Yangi yulduzlar” jamoasi hamda xalqimiz ardog‘ida bo‘lgan xonandalar, yosh ijodkorlar Xojiakbar Haydarov, Nargiza Azimova, Oybek Hamraqulovlar tashrif buyurib yig‘ilganlarga o‘z chiqishlarini taqdim etdilar va barchaga birdek manzur bo‘ldi. 

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.