топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+47.54
avatar

Milliy urf-odatlar va an'analar

Батафсил

"Chanqovuz sadosi" festivali

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
11- 12- may kunlari O'zbekiston amaliy san'at muzeyida «Chanqovuz sadosi» musiqa festivali o'tkazildi. Tadbir O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Terra Termiz» ijodiy-etnografik internet hamjamiyati, Toshkent Fotosuratlar uyi, «ZiyoNET» jamoat ta'limi axborot tarmog'i kabi tashkilotlar tomonidan uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining o'rinbosari B.Ahmedov mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida asrlardan-asrlarga o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy merosimizni asrash, chuqur o'rganish va kelajak avlodlarga asl holicha yetkazishga qaratilayotgan ulkan e'tibor yuksak samaralarini berayotganini alohida ta'kidladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori bu jabhadagi ilmiy va amaliy ishlar ko'lamini kengaytirish, sohada olib borilayotgan ishlarni tizimli asosda tashkil etishda muhim omil bo'layotir.

Amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar xalq og'zaki ijodiy merosini, bu boradagi qadimiy an'analarni asrash, hududlarda shakllangan xalq ijrochilik maktablarining faoliyatini munosib davom ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, xalq ijodiyoti an'analarining bardavomligini ta'minlash maqsadida «Asrlar sadosi», xalq o'yinlari va tomosha san'ati festivallari, baxshilar, lapar va o'lan ijrochilari, karnay-surnay cholg'uchilari tanlovlari o'tkazib kelinmoqda. «Chanqovuz sadosi» festivali ham ana shunday tadbirlardandir.

"Чанқовуз овози" минифестивали дастури

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
11 май. «Чанқовуз» куни.

·    Очилиш маросими;

·    Чанқовуз усталарининг чиқишлари;

·    Сурхондарё этнографик ансамблининг чиқишлари;

·     «Сурхондарё этнография макони»фотокўргазмасининг очилиши;

·    Моҳир чанқовузчиларни саралаш;

·    Журналистлар ўртасида чанқовуз ҳақидаги  мақолалар танловининг натижаларини эълон қилиш;


12 май.  «Симизға» чолғу асбобига бағишланган кун  ва тақдирлаш маросими.


·    Симизға, ғачирнай, қамишнай ижрочиларини саралаш;

·    Тақдирлаш маросими хамда «Чанқовуз овози» минифестивалини ёпилиш маросими;

Моҳир чанқовузчиларни саралаш танлови жараёнида:


1. Иштирокчининг Чанқовузда куй ижро этиши 6 минутгача давом этади.
2.Танловда ижро учун чанқовуз тақдим этилади. (иштирокчи ўз чанқовузи билан ҳам қатнашиши мумкин)
3. Минифестивалда  иштирок этишни хоҳловчилар ўзи ҳақидаги маълумотларни terratermez@sv.uz  манзилига юборишларини сўраймиз.
Маълумотномада танловда қатнашувчининг исми-шарифи, яшаш ҳудуди, телефон рақами(коди билан) кўрсатилсин. Маълумотлар 10.05.2012 йил, соат 18.00 гача қабул қилинади.

Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga hos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Уйингизга келин тушди.

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Энтикиб кетасиз. Минг йиллар ўтиб кетгандай туюлдиёв,  сиз ҳам шу уйга келин бўлиб тушган эдингиз. Энди эса келин тушаётир. Ота уйингизга сизни олиб кетгани борган куёв жўраларнинг ёр-ёрлари, чилдирма жаранги, ёшгина қизалоқларнинг елдай учишларини эслайсиз. Ота-она ризолигини олиб, бир қадам жойга ҳам бир умрга кетаётгандай дугоналарингиз билан йиғлаб хайрлашганларингиз… Аслида ҳам амма-ю, хола, туғишганларингиз дуолари ижобат бўлиб, борган жойингизда туб бойлаб, палак ёздингиз. Яхши ниятлар билан элнинг тўйларида бел боғлаб хизмат қилдингиз, дардига шерик бўлдингиз. Вақти соати етибдики, дастурхон ёзиб, топганингизни тўйга яратаётирсиз. Дарвоза олдида карнай-сурнай овози, қувноқ чеҳралар, кулгулар...
Уйингизга келин тушди… Ана, у дарвозадан майда қадамлар ташлаб оҳиста, кўзини ердан олмай, янгаю, дугоналари қуршовида кириб келмоқда.

Совчилик-элчилик

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Ҳар бир ўзбек оиласида қиз бола улғаяр экан, унинг эшигидан эниб келган совчилар — элчиларнинг қадами қутлуғ, деб қарашади. Бу, аввало, қиз ўсаётган хонадон ҳурмати, йигит томоннинг қадр-қимматидир. Бу шундай нозик риштаки, унда жами удумларимизнинг, қадриятларимизнинг энг ардоқли нуқталари, беқиёс комиллиги, ҳаё ва иффатнинг айтилмаса ҳам илғаб олинадиган энг эзгу тилакларининг эшиги очиладиган муқаддасликни ўзида намоён қила олади. Халқда “Кимки, етти марта совчиликни адо этса, унинг у дунёси билан бу дунёси обод, чунки у икки дунёнинг ҳам савобни олган” дейишади.

Остонаси тилло уй

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Одамлардан гоҳида эшитиб қоласан: «Яна қизли бўлибди-я…» Бу қувонч билан эмас, маъюслик билан, ҳатто ачиниш билан айтилгандай туюлади. Шунда онамнинг сўзлари эсимга тушиб кетади: «Қиз — бир сиқим туз, деганлар бекорларни айтишибди! Шу қиз — бир сиқим тузни кўчага чиқиб сўра-чи, бекордан-бекор ким бераркан!… Шукур қилиш керак, шукур!»

Бўш бешикни тебратма, болам!

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Раҳматли энам — қайнонам «Бек боласини бешик асрайди» деган гапни кўп ва хўб айтардилар. Бу гапнинг мағзи бизнинг олис-олис тарихимизга, ундаги ҳамиша барҳаёт урф-одатларимизга, асрлар синовидан тобланиб ўтаётган қадриятларимизга бориб тақалади. Азалдан серфарзанд халқимизнинг ҳар бир уйида бешик муқаддас ҳисобланади. Шу биргина бешик оилада нечта фарзанд бўлса, ўша оиладаги меҳр-муҳаббатнинг янада мустаҳкамланишига асосдир. Бундан ташқари, бешик тўғри келган дарахтдан эмас, балки, инсон руҳан ва жисмонан соғлом ўсиши учун фойдали дарахтлардан ясалади.

Kiyinish madaniyati

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri bu kiyinish odatidir. Kimning qanday kiyinganligiga qarab, uning did-farosati, moddiy va ma'naviy darajasini hatto kasbini aniqlab olish mumkin. Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo'lgandan boshlab ular kiyinishni odat qilishgan.

Kiyinishning ilk bor zaif jins-ayollar boshlaganlar. Shuning uchun ham xotin-qizlar tabiatida kiyinish, bezanish, taqinish tushunchalari turmushning asosiy ko'rinishlari qatorida turadi. Shu sabab xalqimizda, onangni otangga pepardoz ko'rsatma, degan gap bor. Kiyinish madaniyati jins, yosh, fasl, millat, urf-odatlar, kasb-kor, zamon va taraqqiyotning muayyan bosqichi, darajasi bilan bog'liqdir. Bolalar, qizlar, yoshlar, O'rta yoshlilar, keksa odamlarning kiyinish madaniyati mazmuni va shakli shamoyili jihatidan bir-biridan ajralib turadi.

Gul bayrami

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar, marosimlar o'tkazganliklarini yaxshi bilamiz. Albatta bu bayramlar mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan. Ma'lumki, bahor uyg'onish fasli, tabiatning yangilanishi, gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko'rishi davri. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so'ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproq yozishini bayram qilishgan.

Qovun sayli

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
O'zbekiston agrar-industrial davlat bo'lgani uchun aholi dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Aholi dehqonchilik bilan shug'ullangani uchun xalq orasida dehqonchilik haqida aqlan va jismonan xordiq chiqaradigan sayllar, bayramlar paydo bo'ladi. Bu bayramlar yillar o'tib anana va urf-odatga aylanadi. «Qovun sayli» ham azaldan nishonlanib kelinayotgan sayldir. Bu sayl yozning iyul oyida qovun pishgan vaqda nishonlanadi.

Hovli to'yi

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Hovli to'yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug'larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko'chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to'y qilingan. Bu to'y ham ko'proq kuz yo qishda o'tkazilgan. Hovli to'y munosabati bilan yanada shinam, ko'rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to'yidan keyingina yangi imorat o'zlashtirilgan, unda yashashga o'rganilgan, kirishilgan. Bu to'y ham nikoh to'yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo'rg'on sanalgan. To'ylarning har qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo'li engil sartarosh-ustasi, qo'li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisibo'lganidek, alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo'lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga, joyiga, qishloqlar xududining katta-kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda, velosiped, motosikl yoki mashinada o'qtin-o'qtin to'xtab, jar solganlar.

Aza marosimi

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Aza marosimi islom dinida biror kishi vafot etganidan so'ng bo'ladigan marosimdir. Bu marosimda vafot etgan odam uchun «Janoza» namozi o'qiladi. Bu namoz hamma musilmonlarga ham o'qilaverilmaydi. Chunki biror kishi o'zini-o'zi o'ldirgan bo'lsa yoki boshqa bir din qabul qilgan bo'lsa unga «Janoza» namozi o'qilmaydi. «Janoza» namozi hamma musilmon odam uchun ulug' farzdir.

Navro'z umumxalq bayrami

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Navro'z Sharq xalqlari orasidab bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aliksandr, arablar, mo'g'ullar kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navro'zni yo'q qilib, halok qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o'tgan yilgi yig'ilgan g'alla ham, oziq-ovqatlar ham sob bo'lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o'zi mehr-muruvvat ko'rsatib, yorug' kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eso-omon etib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g'ayrat jo'sh urgan. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas.

O'zbek milliy libosi

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
O'zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar cho'pon, doppi va atlas, erkaklar uchun-do'ppi, cho'pon, belbog' va yaxtak kiradi. O'zbek milliy libosi jahonda o'z o'rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O'zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O'zbek milliy libosi va madaniyati o'zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo'lsada mustaqillikdan so'ng libosimizga e'tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o'zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o'zbek libosini o'ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O'zbekistonga maxmon bo'lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san'atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e'tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro'zni, hosil bayramini va o'zbekona to'ylarni guvohi bo'ladilar. Estalik sifatida atlas, do'ppi, belbog', cho'pon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg'alarini olib ketadilar.

Оилаларнинг вужудга келишида урф-одатларнинг ўрни

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Оилани вужудга келишида муҳим аҳамиятга эга бўлган урф-одатлардан бири, оилани барпо этиш учун аввало одатимизга кўра совчилар боради. Кейин нон сингдирилади, фотиҳа тўйи, никоҳ тўйи бўлади.
Оила пайдо бўлиши билан одатлар, урфлар, расм-русумлар ҳам пайдо бўлган. Шу билан бирга ўзгарган ва ривож топган. Тараққиёт, замон талабига жавоб бермаган одат-маросимлар унутилган уларни ўрнини эса оила эҳтиёжларини қондирадиган янги маросимлар эгаллаган.

Урф-одатлар келиб чиқишининг назарий асослари

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Урф-одат – кишиларнинг турмушига сингиб кетган. Маълум муддатда такрорланиб турувчи хатти-ҳаракат, кўпчилик томонидан қабул қилинган хулқ-атвор қоидалари, кўникмасидир. Масалан, кичикларнинг катталарга салом бериши, уй-ҳовлини тартибга келтириб қўйиш, меҳмонларга алоҳида ҳурмат кўрсатиш, байрам арафасида кекса, қариялар, касал, ожиз, қийналган кишилар ҳолидан хабар олиш қўни-қўшниларнинг бирор ишига ёрдам бериш, ҳашарга бориш кабилар ўзбек халқига хос яхши одатлар ҳисобланади.

Ertalabki osh

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi.

Nikoh to'yi

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o’zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo’la turib, u turli viloyatlarda o’zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o’tishi paytidir. To’y kuni kuyovnikida to’y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o’tkaziladi. To’y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o’qiydi, shundan so’ng ular xudo oldida er-xotin deb e’lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.

Fotiha to'yi

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog’langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha to’yi nikoh tuziladigan va to’y o’tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi.

Xatna qilish

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi.