топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mahallam - faxrim!

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Har bir yaxshi ish albatta oilada vujudga keladi. Oilalar to'planib mahalla, mahalladan esa jamiyat tarkib topadi. Bizning mahallamizda har bir oilaning o'z o'rni, mavqei bor. Mahalladoshlarimiz bilan birgalikda ajdodlarimizdan qolgan urf-odatlar va an'analarga rioya qilib kelamiz. Ular qilgan udumlarni ham yo'qolib ketmasligi uchun bir qator  ishlar olib boramiz. Kuni kecha mahallamiz keksalari to'planib «Darvesh oshi» tadbirini uyushtirdilar. Bu tadbir yurtimiz tinchligi, obodligi, hosillarimiz mo'l-ko'l bo'lishi uchun o'tkaziladi. Yana bu tadbir barcha mahalladoshlarni birlashtiradi. Shu kuni yana kasallardan ham xabar olinadi. Shunga o'xshash tadbirlardan mahallamizda «Eng Obod va ozoda xonadon» ko'rigi tashkil etilgan. Bunday tadbirlar mahallamizda har yili o'tkaziladigan an'anaviy tadbirlardan hisoblanadi. 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.