топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Миллий анъаналар

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasidagi amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo`lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to`la mos keladi. Shuning uchun ham “Ta`lim to`g`risidagi qonun” va  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da davlat  jamiyat, inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olingan butun ta`lim tizimini isloh qilishga qaratilgan muhim hayotiy masalalar ilgari surilgan. Endilikda ta`lim tarbiya jarayoning sifati jahon standartlari darajasida ko`tarilib, ta`limda pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullari joriy etila boshlandi.
O`quv yurtlari tuzilmalari takomillashtirilib yoshlarga milliy uyg`onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat ruhida ta`lim-tarbiya berish izchilligi ta`minlana boshladi.
Ta`lim to`g`risidagi qonunning 4-bobida ma`naviy-axloqiy tarbiya va ma`rifiy ishlarni takomillashtirish, uning tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an`analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan bo`lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” uzluksiz ta`limning milliy modeli, tamoyillari ta`limning ilmiy-ma`rifiy, tarix, xalq an`analarini, milliy merosimiz bilan uyg`unlikda olib borilishi ko`zda tutilgan. Ajdodlarimizning yaratuvchanligini shaxs manfaatlariga qaratilgan bo`lsa, hozirgi vaqtda mustaqillik davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko`zda tutilgan. Tarix millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantib yangi fuqarolik ongiga shakllantirdi. Merosdan foydalanib bo`lmasdan o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Tarixdan bizgacha yetib kelgan boy, buyuk meroslarimizdan biri xalq og`zaki ijodidir.
Ona o`z allasida o`zining orzu istaklarini, ichki kechinmalarini qo`shiq tarzida bayon qiladi. Bola gapga tushuna boshlaganda (2-3yoshdan) ertak aytib beriladi. Bunda ham xalq og`zaki ijodidan foydalanib bolaga axloqiy, mehnat tarbiyalari berib boriladi.
Darsning dam olish daqiqasida xalq og`zaki ijodidan foydalanish mumkin. Masalan, maqollar orqali bilimli bo`lishga mehnatsevar, ozoda yurish, kattalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, kasb hunarga yo`naltirish maqsadida maqollardan foydalanaman.
Maqollar — kishilarni hayotlari davomida isbotlangan o`gitlari deb hissoblash mumkin. Har bir bir maqolni mag`izini tahlil qilib tushunish kerak. Agar kishini do`sti bo`lmasa, u yolg`izlanib qoladi. Do`st esa qiynalgan paytda tayanch va suyanch bo`ladigan kishidir. Dono kishilar bilan suhbatlashishda inson yaxshi xulosalar chiqaradi.
Maktabning oila bilan hamkorlikda hal etadigan muhim vazifalaridan biri o`quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatga to`g`ri munosabatni tarbiyalashdir.
Men ta`lim-tarbiya sifatini yaxshilashda xalq og`zaki ijodidan keng va o`rinli foydalanib yosh avlodni mehnatsevar, o`z Vataniga, xalqiga sadoqatli, insoniyatga foydasi tegadigan shaxslarni tarbiyalamoqdaman.
 
Shoira Obidova, Namangan shaharidagi
41-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
 


0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.