топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

"Chanqovuz sadosi" festivali

Milliy urf-odatlar va an'analar
Жамият
11- 12- may kunlari O'zbekiston amaliy san'at muzeyida «Chanqovuz sadosi» musiqa festivali o'tkazildi. Tadbir O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Terra Termiz» ijodiy-etnografik internet hamjamiyati, Toshkent Fotosuratlar uyi, «ZiyoNET» jamoat ta'limi axborot tarmog'i kabi tashkilotlar tomonidan uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining o'rinbosari B.Ahmedov mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida asrlardan-asrlarga o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy merosimizni asrash, chuqur o'rganish va kelajak avlodlarga asl holicha yetkazishga qaratilayotgan ulkan e'tibor yuksak samaralarini berayotganini alohida ta'kidladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori bu jabhadagi ilmiy va amaliy ishlar ko'lamini kengaytirish, sohada olib borilayotgan ishlarni tizimli asosda tashkil etishda muhim omil bo'layotir.

Amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar xalq og'zaki ijodiy merosini, bu boradagi qadimiy an'analarni asrash, hududlarda shakllangan xalq ijrochilik maktablarining faoliyatini munosib davom ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, xalq ijodiyoti an'analarining bardavomligini ta'minlash maqsadida «Asrlar sadosi», xalq o'yinlari va tomosha san'ati festivallari, baxshilar, lapar va o'lan ijrochilari, karnay-surnay cholg'uchilari tanlovlari o'tkazib kelinmoqda. «Chanqovuz sadosi» festivali ham ana shunday tadbirlardandir.

Chanqovuz xalqimizning qadimiy musiqa asboblaridan biridir. Unda ajdodlarimiz, xususan, momolarimiz betakror kuylar yaratganlar. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida bugungi kunda ham ko'plab mohir ijrochilar bunday an'analarni davom ettirmoqda.

Festival «Boysun» folklor-etnografik jamoasi ijrochilarining «Chanqovuz sadosi» musiqasi bilan ochildi. Taniqli san'atkorlar va yosh ijrochilarning konsert dasturlari namoyish etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.