топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mening bobom va buvim mahallamizning faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
                  Reja :  
  1. Keksalarni e’zozlash yili .
  2. Mahallamizda keksalarning o’rni .
  3. Bobomning o’gitlari .
  4. Bobomning hayotimizga tutgan o’rni .
 
           Har qanday  jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Soddagina o’zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat- ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.
     Bir o’ylab ko’raylik, “ Qarisi bor uyning parisi bor “, “ Qariyalar – xonadonimizning fayzi va farishtasi “ degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor.
      Haqiqatdan ham, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta, fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning  unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.
       Vatanimizning musaffo osmonini asrashda, har qanday ofatlarni ostonamizga yo’latmaslik, ona yurtimizni fashizm balosidan himoya qilishda keksa avlod vakillarining qanday jasorat ko’rsatgani, front ortida mehnat qilib, g’alabaga munosib hissa qo’shganini mamlakatimizni tiklash, uning ham harbiy, ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’naviy salohiyatini oshirishda nuroniy keksalarmiz namoyon etgan fidoiylikni biz hamisha katta minnatdorlik bilan eslaymiz .
        Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi  2015 – yilni mamlakatimizda “ Keksalarni e’zozlash “ yili deb e’lon qilishni taklif etdi.
        Ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda 68000 nafar II – jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari istiqomat qiladi. Ularga hukumatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik ko’lami yil sayin oshib bormoqda.
        O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 – yillaridagi urush va mehnat fronti faxriylarini “ II – jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi “Esdalik yubiley medali bilan mukofatlash to’g’risidagi farmoni e’tiborning yana bir namunasidir.
         O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentyabrdagi Farmoniga ko’ra yurtimizda “Mahalla” xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Bizning mahallada ham shunday xayriya jamg’armasi tashkil etilgan. Yolg’izlarning holidan xabar olinadi, nochorlarga g’amxo’rlik qilinadi, qayerda qariyalar bo’lsa xabar olib kelinadi. 9-may kunlari sovg’a salomlar, guldastalar olib, xabar olib turiladi. Qariyalar uchun mahallamizda bayramlar o’tkazib turiladi. 1941-1945 – yillari urushga qatnashgan ko’plab yoshi ulug’ keksalarimiz bor.Ularni 9- may kuni tabriklaymiz, hollaridan xabar olamiz. Ular bilan suhbat qilamiz. Bo’lib o’tgan voqealar bilan ,biz bilan  o’rtoqlashadilar .Yana boshqa keksalarni ham holidan xabar olib turamiz. Ular bilan suhbatda hech qachon zerikmaymiz, maroq bilan tinglaymiz. Ularga o’xshashni hammamiz ham orzu qilamiz.
           Men bobom bilan bo’laganimda  ular bilan suhbatda bo’laman. Bobom o’z hayotlarida ko’rgan qiyinchiliklarini so’zlab beradilar. O’sha paytda bo’lgan qiyinchiliklarni, urushlarni, ocharchilik paytlarini gapirib beradilar. Bobom  shu zamonamizga, tinchligimizga, osoyishta kunlarimizga shukrona bildiradilar. Prezidentimizga mingdan-ming rahmat aytadilar. Bizlarga ham shunday diyorimizni asrab-avaylashimiz kerak ekanligini uqtiradilar. Men bilan suhbatda do’stlarim kimligini so’raydilar. Maktabda ustozlaringga mehribon bo’l, “Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l”  deb doim ta’kidlaydilar.
            Mening katta bobom ham mahallamizning yetuk insonlaridan biri hisoblanardilar. Bobomning ismlari Muhriddin Majiddinov bo’lganlar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist va sa’nat arbobi edilar. Mulla To’ychi Toshmuhammedov nomli musiqa va drama teatri direktori bo’lganlar. Bobom 1967-yil “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni va     “Mehnat faxriysi” ordenini olganlar. Bobom juda muruvvatli edilar. Ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida u kishi yashagan ko’cha Muhriddin Majiddinov nomi bilan ataladi. Oilalari juda yaxshi bo’lgan. Aytishganlariday: “ Oilasi yaxshining farzandi ham yaxshi bo’ladi “. Bobomning amakilari II-jahon urushi qatnashchisi bo’lganlar. Men bobomga judayam havas qilaman. Bobomga o’xshagim keladi. Bobomning yo’llarini davom ettirmoqchiman .
             Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur. Bu yo’lda biz yoshlarning o’z burchimiz va vazifalarimiz bisyor.
 
 
 
 
 
 
 
                                               Qarshi shahar 
                                    32-umumiy o’rtata’lim maktabining
                               9-“G”sinf o’quvchisi Ruyiddinova Malika
   2000-yil 1- yanvar kuni tug’ilgan.
   Qo’rg’oncha mahallasi Hurriyat ko’chasi
 
50-uyda istiqomat qiladi .

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.