топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
                                                                                          Reja:
1.Qarisi bor uyning-parisi bor.
2.Bobomning o’gitlari.
3.Keksa insoni bor xonadon doim bo’lar farovon.
                                                                                                            Har qanday jamiyatning yoshi ulug’
                                                                                                             odamlarga bo’lgan e’tibori va g’am-
                                                                                                              xo’rligi uning madaniy darajasini
                                                                                                              belgilaydi, desak, yanglishmagan bo’-
                                                                                                              lamiz.
                                                                                                                                  Islom Karimov
             Yoshi ulug’larga izzat-ikrom ko’rsatish, ularni ardoqlash xalqimizning ezgu fazilatlari sirasiga kiradi.Ayniqsa,ota-onani hurmatlash, ular keksayganda g’amxo’rlik qilish har bir farzandning insoniy burchi sanaladi.Bu holat Konstitutsiya-mizda ham o’z aksini topgan.                                                                                                                                                                      
             Yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning sog’lom va barkamol bo’lib yetishishiga katta e’tibor qaratilmoq-da. “Yoshlar bizning kelajagimiz” deymiz.Bu juda to’g’ri fikr.Har bir yurtning, millatning ertasini har jihatdan sog’lom,barkamol yoshlar hal etadi.
              Biroq keksalarimiz ham bizning kelajagimizdir.Chunki keksalik har bir insonning qismatida bor.Bugun qarilik gash-tini surayotgan keksalar ham bundan bir qancha yillar oldin navqiron yigit-qizlar bo’lishgan,bugungi tinch-totuv,farovon kunlarimiz uchun qaysidir ma’noda o’z hissalarini qo’shishgan.
              Shu bois bu yurtda keksalar hamisha izzat-ikromda bo’lib keladilar.Har bir to’y-hasham oldidan kattalardan maslahat so’raladi.Uzoq safarlarga chiqish oldidan,albatta, yoshi ulug’lardan duo olinadi.Davrada keksalar bo’lsa,ulardan oldin taomga qo’l uzatilmaydi,kattalar fotiha o’qimay turib,davradan turib ketilmaydi.
              Biz ham oilada bobom va buvim bilan yashaymiz.Ular bizning oilamiz tayanchi,maslahatgo’yidirlar.Bobom va buvimni Vang’ozida hamma taniydi va hurmat qiladi.Ular ta’lim sohasida faoliyat yuritganlar.Ularning minglab shogirdlari bor,har doim xalq xizmatida yurganlar.Hozirda nafaqa gashtini surmoqdalar.
             Bobom Shavqiyev Savriddin uzoq yillar fuqarolar yig’ini raisi,mahalla oqsoqoli vazifalarida ishlaganlar.Bobom dono, serg’aryat,ishning ko’zini biladigan inson.Nafaqaga chiqqan bo’lasalarda,hozir ham qishloqdoshlar u kishining oldiga maslahat so’rab kelishadi.Mahallada to’y bormi,azami,boringki,har bir masalada bobom bosh-qosh.Bobom har sohada ilg’or ,u kishi bog’dorchilik ishlariga ham qiziqadilar.Har tong sahar turib hovlidagi mo’jizagina bog’da mehnat qiladilar.Hovlida har xil navli daraxtlar,25ga yaqin gul navlari bor.Mahalladoshlarga ham nihollar,gul urug’lari tarqatadilar. Bizlarni ham shu ishlarni o’rganishga da’vat qiladilar.
                Menga bobomning qat’iyatliklari,donoliklari juda yoqadi.Chunki bobom qaysi masalada fikr yuritsalar,shu gaplari to’g’ri chiqadi. Bobom doim biz nabiralarga:”inson hech qachon birovga bog’liq bo’lib qolmasligi kerak,o’z oldiga aniq maqsad qo’yib,shuni ko’zlab harakat qilishi kerak.Insonlarga yordaming tegsin,ammo zararing tegmasin”,-degan gapni ko’p uqtiradilar.
            Buvijonim ham muloyim va bolajon inson.Qishloq ayollari u kishini har doim yo’qlab,maslahat so’rab kelishadi. Buvim juda chevar.U kishi to’qigan,tikkan bezaklar xonamizni bezab turadi.Hayot buvim va bobomni ko’p sinovlardan o’t-kazgan.Men buni onamning hikoyalaridan bilib olganman.Ularning sabr-toqati va matonatlariga doimo qoyil qolaman. Bobom va buvim bor ekanlar,oilamiz doimo tinch-xotirjam.
            Bobom bizga ko’p hikoya va rivoyatlar aytib beradilar.Menga bobomning inson hayoti haqidagi bir rivoyatlari juda yoqadi.Uni tez-tez eslab turaman.Emishki,bir cho’pon sekin-sekin yo’l bosib,dala,tepa-qir oshib,suruv ortidan borarkan, yo’lda bir otaxonning uchratibdi.Salomim javobsiz qolibdi cho’ponning.Qariya na salom beribdi,na alik olibdi-tuyqus savol beribdi:
              — Ey qo’yboqar, huv olisda ko’ringan qishloq nomi nima?
              — Tinchtepa,-deb javob qilibdi cho’pon.
              — Men juda uzoqdan keldim.Yashash uchun joy qidiryapman.Bu qishloq odamlari qanday?
               — Siz yashagan yurt kishilari qanday edi,issiq joyingizni tashlab kelibsiz?
              — Qo’y yaramni yangilama,-deb noliy boshlabdi qariya.-Ularni eslasam …
              — Ovora bo’lib kelibsiz,-debdi cho’pon.-Bu qishloq odamlari ham xuddi yurtingiz kishilaridek…
                     Chol:”Xudoga shukr,yaxshiyam so’raganim,naq baloga duch kelarkanman.Nomini qara-ya,Tinch tepa emish…” deya javray-javray ortiga qaytibdi.
                     Oradan bir hafta o’tibdi.Tasodifni qarang,cho’pon yana o’sha joyda boshqa otaxonga duch kelibdi.Salom beribdi.Otaxon alik olgach,gap boshlabdi:
-          Bolam, uzoq o’lkadan keldim.Yangi joylarni ko’ray,yangi insonlar bilan tanishay,deb chiqdim.Ko’rinib turgan qishloqning oti nima,odamlari qanaqa?
      Cho’pon qishloq nomini aytibdi va quvlik bilan so’rabdi:
— Siz yashagan joyning odamlari qanday,-yaxshimi yoki yomonmi?Agar yaxshi bo’lishsa edi,yurtingizni tashlab  kelmasdingiz …
— Unaqa dema,bolam.Bu olamda ulardan yaxshisi bo’lmasa kerak.Yurtdoshlarim hammasi tilla odamlar,zo’rg’a tashlab keldim.Qani,qishlog’ingdan gapir.
             Cho’ponning yuzida tabassum balqibdi:
— Odam boshqalarga o’zidan o’zidan,qalbidan kelib chiqib baho beradi,o’zi qanday bo’lsa,boshqalarni ham shunday o’ylaydi.Qishloqdoshlarim ham yurtdoshlaringiz bilan bir xil,otaxon.Qishlog’imizgam,qishlog’ingizga xush kelibsiz!
            Rivoyatdan xulosa shuki,sen atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo’lsang,senga ham shunday javob qaytadi.aytishadi-ku,”O’zing yaxshi-olam yaxshi”.
            Keksa otaxon-u onaxonlar yonimizda borligi ulu’g ne’mat,duolari esa barokat ekanini his etib yashashimiz va ularning hurmatlarini joyiga qo’yish burchimiz.
           Keksalarimiz hayot tajribalarini yoshlarga o’rgatib,ko’rgan-kechirganlarini so’zlab,nasihatlarini aytib yashashlariga imkon berishimiz zarur.Shunda ular jamiyat uchun kerakli inson ekanliklarini anglashadi,yashash uchun umidlari kuchayadi.Qarisi bor uyning-parisi bo’ladi.Zero,keksalar duosini olganlarning martabasi doim ulug’ bo’ladi,xonadonlari fayzga to’ladi. 
                 8-“a”sinf o’quvchisi
                 Davronova Munisaning
                 yozgan inshosi.
 
                Navoi viloyati Qiziltepa tumani 5-maktab 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.