топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

An’anaga aylangan “Kimyogar malikalari” ko’rik-tanlovi

7 чудес Узбекистана
2016 yilning 3 mart sanasida O’zbek Milliy akademik drama teatrida Toshkent kimyo-texnologiya institutning talaba-qizlari o’rtasida “Kimyogar malikalari” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Mana, sakkiz yildirki, bu tadbirning har yili “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida o’tkazilishi an’anaga aylanib qolgan.
Qadimiy an’analarimiz va milliy qadriyatlarimizni ulug’laydigan hamda qizlarimizni kelgusida sarishtali uy bekasi, vafodor ayol, mehribon ona va o’z kasbining yetuk mutaxassisi, ona-Vatanga sadoqatli, fidoyi inson qilib tarbiyalashga qaratilgan bu yilgi tanlov- “Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlandi. Tadbir boshlanishida institutning bir qator xodimalari rahbariyatning qator estalik sovg’alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi
Ko’rik-tanlovda Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining “Anor”, Noorganik moddadalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining “Sadaf”, Menejment va kasb-ta’lim fakultetining “Sharq gavhari” va Oziq-ovqat texnologiyasi fakultetining “O’zbegim qizlari” jamoalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar.
Jamoalar har bir shartni sidqidildan bajarishib o’tirganlarga olam-olam quvonch ulashishdi. Ayniqsa, Oziq-ovqat texnologiyasi fakultetining “O’zbegim qizlari” va Noorganik moddadalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining “Sadaf”, jamoasi qizlarining chiqishlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbir so’ngida institutning ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’yicha prorektori M. Karaxodjayeva, Institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Anvarovna jamoadagi ishtirokchilarni institut rektorining sovg’alari va faxriy yorliqlarini topshirdilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.