топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

OZOD VA OBOD VATANGA BAXSHIDA UMR

Navoiy davlat konchilik instituti
Илм-фан
Navoiy davlat konchilik institutida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish, Islom Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, sermazmun va sermahsul, barchaga ibrat bo‘ladigan hayoti va bemisl faoliyatini keng ommaga, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish.
Tadbir avvalida Islom Karimovning g‘oyat serqirra hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha ma’ruzani institut prorektori B.T.Mardonov o‘qidi.
Shundan so‘ng  Islom Karimov hayot yo‘li, mustaqillikka erishish mashaqqatlari, eng og‘ir, tahlikali damlarda tinchlikni ta’minlagan voqealar aks etgan videolavha namoyish etildi.
Xushovoz talabalardan Odilbek Qo‘ziev “Unutmoq osonmas sizlarni” qo‘shig‘ini, Husniddin Abdurahimov “Vatan” qo‘shig‘ini ijro etdilar.
“Abadiy xotira” turkum she’rlarini Farruh Jamolov, Mehriddin Muhammadov, Elyor Ismoilov va Salimov Xurshid o‘qidilar.

Dilnoza Ostonova hamda Madina Qobilova Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan yangi she’rlarini o‘qishdi.     
Tarixiy sanani har tomonlama yuksak darajada o‘tkazish bizning o‘z tariximizga, mustaqilligimizga bo‘lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va ma’naviyatimizni namoyon etadi. Eng muhimi, bunday qutlug‘ sanalar o‘z tariximiz, milliy o‘zligimizni anglashga, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni el-yurtimizga butun borlig‘ini berib, fidoyilik ko‘rsatib yashagan ulug‘ insonlarning ibratli faoliyatiga har tomonlama munosib etib, ularning ezgu fazilatlari ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Islom Karimov hayot yo‘li va faoliyati, uning muallifligidagi asarlar mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish orqali yoshlarimizda chin insoniy fazilatlar, jumladan, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislatlarni shakllantirish ma’naviy hayotimiz uchun g‘oyat ahamiyatlidir.
Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
 
Axborot-resurs markazi xodimi
 
Manzura Abjalova

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.