топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatnomasi» mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat konchilik instituti
Илм-фан
2018 yilning 5 yanvarida Navoiy davlat konchilik institutida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatnomasi” mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 Bundan ko‘zlangan maqsad  - har bir yurtdoshimizni, bugungi kunda bo‘layotgan jadal yuksalish jarayonlarida faol ishtirok etishga, ularning manfaati davlatning ustuvor siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ko‘plab muammolar o‘z yechimini topayotgani kabi masalalar bilan yurtimizda katta o‘zgarishlar boshlanganini har bir professor-o‘qituvchilarga hamda talaba-yoshlarga yetkazishdan iborat.
Seminar har bir fakultetga alohida tashkil etilib, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar qilindi. Jumladan, Energo-mexanika fakutetida tashkil etilgan seminarda kafedra mudiri, dotsent O.Xaitova,
Kimyo-metallurgiya fakutetida tashkil etilgan seminarda kafedra dotsenti O.Shamieva, D.Ismoilova, katta o‘qituvchilari M.Xaitova, N.Eshonkulova, J.Qo‘chqorovlartomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etilgani, dunyodagi ko‘pchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a’zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish bo‘yicha Murojatnoma bilan chiqish tajribasi mavjudligi, davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, bizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
 
Konchilik fakultetida tashkil etilgan seminarda kafedra o‘qituvchilari N.Berdiev, A.Xudoyberdievalar o‘z so‘zida Prezident ta’kidlagan «Xalqaro yoshlar assotsiatsiyasi tuzish», yangi Oliy talim muassasalari jumladan, «Jurnalistika va komunikatsiyalar universiteti» tashkil qilish, byurokratiyani bartaraf etish va «Elektron hukumat» tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha amalgaoshirilgan ishlar va belgilangan vazifalarga to‘xtaldi.
 
 “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi J.Qo‘chqorov

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.