создание топика, блога, фотосета или ссылки

26-sentyabr A.Qodiriy nomidagi viloyat ARM da "Bolalar kitobi" ko'rgazmasida NDKI ning 13-17 KEM va 18-16 TMO guruhlari ishtirok etishdi.

Navoiy davlat konchilik instituti
Образование и наука
2 фото
image
Talabalar o'z vaqtlarini qiziqarli otkazishdi. KITOB haqida Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan, bu davrda u turli xil ko’rinishda bo’lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. Buning uchun ular yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalarga uchli yog’och bilan maxsus belgilartushirishgan. So’ngra uni oftobda quritishgan yoki olovda pishirishgan. Kitoblar, hatto kutubxonalar mana shunday maxsus loy taxtachalardan tashkil topgan. Shoh Ashshur- banipal (miloddan avvalgi 7-asr)ga qarashli shunday kutubxonani yuz yil muqaddam qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti bolgan joydan qazib topishgan.
Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan. Keyinchalik ular o‘z kitoblarini mo‘yqalam (cho‘tkacha) va tush bilan ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog‘ozga yozishgan. Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh taxtachalarga o‘yib yozishgan. Keyin papirusni ixtiro qilganlar. Presslangan qamish plastinkalarni bir necha o‘n metrgacha uzunlikdagi tasma shaklida yelimlashgan. Ularni o’rog’liq holda saqlaganlar. Misr papiruslaridan deyarli ikki ming yil davomida Yunoniston va Qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi material sifatida foydalanishgan. Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona qadimgi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblangan.

2 изображения

1 комментарий

Только зарегистрированные и авторизованные пользователи могут оставлять комментарии.