топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ma’naviy bedor ijodkor – milliy ma’naviyatimiz tayanchi.

Блог им. shoxsanam-jspi

Prezdentimiz I.A.Karimov “Yuksakma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “… bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat _ma’naviy jasorat   deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz”,[1]-deb yozadi va atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddonov, Zulfiyaxonim kabi adabiyotshunoslarni tilga oladi.



Bizningcha,bu qatorni Benazir va faylasuf ijodkor Asqad Muxtor nomi bilan davom ettirsak, xato bo‘lmaydi. Chunki Asqad Muxtor XX asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili, shaklda ham, mazmunda ham, mavzuda ham novatorligi bilan ajralib turuvchi adib bo‘lish bilan birga, yuzlab shogirdlar ustozi, xalqqa va vatanga kerakli bo‘lgan oqil farzandlar otasi, yoshlar uchun ijodiy maktab va nurli o‘rnak bo‘larli umr egasi edi. “Badiiy so‘z zargari Asqad Muxtorning har bir asari o‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligini o‘tmishi va bugunini yorqin obrazlarda suvratlaydiki, bu o‘zbek xalqi buyuk donishmandlarni yetishtirib bergan qadimiy xalqlardan biri ekanini ayon ko‘rsatdi”[2] — egan edi qoraqalpoq yozuvchisi To‘lapbergan Qayipberganov. Adibningibratli, hayot va ijod haqidagi falsafiy, ijodiy-estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan “Tundaliklar” asari ham mana shunday asarlar sirasiga kiradi. Muallifning adabiyot olamida ro‘y bergan yangiliklardan tashqari, siyosiy-ijtimoiy, ilmiy madaniy xayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni xam shu soxalarning mutaxassisdek puxta bilishini va tasvirlash vositalarini tanlab olib ishlatib, o‘quchilarda voqealar va qahramonlar to‘g‘risidagi tasavvurni kuchaytirishga, o‘quvchining estetik zavqini uyg‘otishga muvaffaq bo‘ladi.


 


Shu o‘rinda qalami o‘tkir yozuvchi Abdulla Qahhorning quyidagi e’tirofini keltirsak: “Yozuvchi o‘zi his qilmagan narsa to‘g‘risida yozsa buni o‘qigan o‘quvchi hech narsani his qilolmaydi, demak, kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart. His qilinmasdan yozilgan narsa qog‘ozdan qilingan gulag o‘xshaydi”. Bunday “qog‘ozgullar” bilan yozuvchi uzoqqa bora olmasligi tayin! Bu kabi asarlarda fikr noaniqligi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, xaqchillik, milliylik, insonparlik kabi sifatlarning yo‘qolib borishi, mazmuniy va g‘oyaviy tarqoqlik sayoz asarlarning dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday sayozlik esa yozuvchini cho‘ktiradi”, asar badiiy qiymatini tushiradi. Shu o‘rinda muallifning yana bir fikrini keltirib o‘tish joiz bizningcha: “Kimningdir yozgani uchun ofarin, kimningdir yozmagani uchun rahmat”.


Bu qarashlar Asqad Muxtorning nasrdagi ijodiy izlanishlaridan  kelib chiqqan. Lekin u nazmda ham nobatorlik yarata olgan shoir sifatida barchamizga ma’lum. Muallif she’riyat va uning sirli olami haqida ham she’rlar yozgan. Bu esa “Tundaliklar”da quyidagicha ifoda topgan: “Qadimda bir donishmand aytgan ekan: “Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo “ Vaqt nima? “ deb so’rashsa, aytolmayman” .


 


Nazarimda, she’riyat haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. U benihoya, u bitmas- tuganmas. U o’zini rad etgan odamnigina rad etadi”. [3]Haqiqatdan-da she’riyat – tuyg’ularining nozik ifodasi. Undan barcha o’ziga keragini olsa bo’ladigan tuganmas xazina. Qadim- qadimdan beri davom qilib kelayotgan va hatto Aristotel ham necha bor tilga olgan “san’atning insonni boyituvchi, uning ruhini tozalovchi “ kuchi, qudrati, ta’bir joiz bo’lsa, sehri xususida har bir ijodkorning o’z tushunchasi, o’z qarashlari bor.                                                                                  “O’ttiz yil davomida she’r haqida tinimsiz o’yladim, -deb yozadi Asqad Muxtor,- uning ifoda shakllari, vositalari usullari, ruhi haqidagi fikrlarim juda ko’p marta o’zgardi.                                                                                              …Lekin bir narsada fikrim sira o’zgargani yo’q: She’r- zarurat, she’r odamning yashashi uchun, kurashning ulg’ayishi uchun zarur”. Mana shu she’r zarurat degan fikr Asqad Muxtor she’riyatining qon tomirlariga singib, ularning barcha qirralari va mintaqalarida ham o’z aksini topgan. Asqad Muxtorning”Poeziya” deb nomlangan she’ri fikrimizga yorqin dalil bo’lish bilan birga, muallifning inson va ijodkor sifatidagi o’ziga hos ma’naviy qiyofasini aniqlaydi, desak yanglishmagan bo’lamiz.                                                                                      


 


Mehnat:


yetti soat har kuni yeti soat:                                                                                                      


 


Tik turib yutilgan nonushta,


Nomer ilish,


kimgadir itoat,


SHunday bir xil


Yozda ham qishda.


Qizlar- faqatqizlar,


Qushlar- faqatqushlar.


Sevgi –


lll…qo‘ybuyog‘iniaytmadim.


Xullas,


shundoqediolamvaishlar


Senitanimaganpaytlarim.


Senitanidim-u


olam sir to‘ldi,


Yaproqnikitobdayo‘qiyboshladim,


Qalbimdabulbullarsayraydiganbo‘ldi.


 


She’riyatning mo‘jizaviy qudratini betakror va mohirona aks ettirgan bu ijod namunasi kishini hayajonga soladi, ko‘ngilda go‘zal istaklarni tug‘yonga keltiradi. She’riyatning bunday sehrini tan olmaganuni rad etgan insonni she’riyat ham rad etadi. She’riyat ular qalbiga ezgulik urug‘ini sochmaydi, go‘zalliklardan hayratlantirmaydi, ulardan bebahra qoldiradi. Shu sabab xalqimiz orasida “she’r yozgan insondan yomonlik chiqmaydi” degan gap yurish bejiz emas. She’riyatning jozibasi, sehri haqida gapirar ekanmiz, iste’dodli shoir M.Shayxzodaning she’rsiz qalblarga achinib yozgan satrlari xayolimizga keladi:


She’rsiz qalblarga achinaman men,


 


Ularda na tonglar kunduzni boshlar.


Na oqshom yulduzlar ufqin ochar keng,


Na bahor chog‘ida sayraydi qushlar.


 


 


Bu fikrlarning barchasida faqat bir narsa – Asqad Muxtorning butun ijodi bo‘ylab porlagan she’riyatning insonga cheksiz go‘zalliklar, ruhiy tovlanishlar, evrilishlar in’om etguvchi mohiyati kuylangan.  


 


Chuqur       falsafaga yo‘g‘rilgan “Tundaliklar” asarida mana shunday adabiy-estetik qarashlar bilan birgai nsonning inja tuyg‘ulari, botiniy olami, xalqimiz dunyoqarashi, istiqbol orzulari, adabiyotimiz, tilimiz taqdiri: kechasi, buguni va ertasi haqidagi mushohadalar muxtasar jumlalarda o‘z ifodasini topadi. Xususan, asarda “Yer, go‘yo Yerni hushiga keltirmoqchidek, hadeb qirg‘oqqa suv separdi”, degan so‘zlar berilgan. Demak, bundan “Yer behush” degan xulosakelibchiqadi. Xo‘sh, behush deganda  muallif nimani nazarda tutadi?


 


Hayotda  ba’zida shunday insonlar uchraydiki, ular faqat boylik, mol-u dunyo bo‘lsa    bas. Qo‘shnisining farzandlari bir burda nonga zor-uning itining yalog‘ida taomlar ortib yotadi. Do‘konga kelgan yangi molni ko‘rish uchun vaqt topiladi, ammo oylab bemor yotgan yaqinidan xabarolishga imkon topa olmaydi.Turmushning turfa xil nayrang-u ayyorliklari, nafrat-u g‘azablari o‘rin olgan yuragida “VATAN” degan so‘z sig‘maydi. Xitoyning eng so‘nggi urfdagi chinni-yu mebellari, gilam-u jihozlari bezatilgan uylarida olloh so‘ziga –Qur’onga joy yo‘q.


Asqad Muxtor yuqoridagi fikrlari bilan mana shunday insonlarni ogohlikka, hushyorlikka, ma’naviy bedorlikka chorlaydi. Jamiyatimizda o‘zi singari ruhan uyg‘oq, qalbi jo‘shqin insonlarning safi kengayishini  istaydi. Zero, Asqad Muxtor kabi ma’naviy bedor ijodkorlar salmog‘ining ortishi milliy ma’naviyatimizning rivoji uchun mustahkam tayanchdir.


 


/>

1 “Yuksakma’naviyat –yengilmas kuch”.I.A.Karimov-T:”MA’NAVIYAT”,2008,159-bet.



2”Asqad Muxtorzamondoshlarixotirasida”-T:”MA’NAVIYAT” 2003,51-bet.


 



 


 


[3] “El-yurt kerak ekan odamga”,G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, Toshkent,2011, 183-bet.


 


Bo’riboyeva Nasiba,


talaba (JDPI) 



0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.