топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

BUYUKLAR TAVALLUD KUNIGA BAG‘ISHLANDI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
BUYUKLAR TAVALLUD KUNIGA BAG‘ISHLANDI

Xalqaro turizm fakulteti tomonidan ulug‘ mutafakkir, yirik davlat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirni kirish so‘zi bilan universitetimizning Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori Tohir Akramov ochib berdi.
Davra suhbatida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosi haqida batafsil so‘z yuritdi.

Aytib o‘tilganidek, ikki buyuk siymo qoldirgan boy ilmiy meros bamisli ummondir. Shu bilan birga ularni o‘rgangan inson bilim olish bilan birga estetik jihatdan zavqlanadi.

Boburiylar avlodi vakili Zayniddin Mavlonov “Ajdodlar xotirasi” mavzuida ma'ruza qilib, Bobur va uning avlodlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berib o‘tdi. Ishtirokchi talabalar tomonidan berilgan, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma'lumot berib o‘tdi.


Ulug‘ mutafakkirlar ijodiga mansub g‘azallarga bastalangan kuy-qo‘shiqlar bilan Tarix kafedrasi professori Hojiakbar Hamidov yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi

Akmal Karimov, Toxir Muxtorov, «Kamolot» YoIH BT faollari

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.